20 okt 08:11
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Ilya Sibircev yana bir dasturda O'zbekiston rekordini yangiladi
O'zbekistonlik suzuvchi Ilya Sibircev Ostonada o'tayotgan qisqa masofali hovuzda suzish bo'yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichida 800 metrga erkin usulda suzish bo'yicha yangi milliy rekord o'rnatdi.
Musobaqaning yakuniy kunida Sibircev 7:38.45 natija qayd etib, O'zbekiston rekordini yangiladi.
Avvalgi milliy rekord ham Sibircevga tegishli edi. U Toshkentda o'tgan Jahon kubogi bosqichida ushbu masofani 7:40.77 da bosib o'tgan.
SHu tariqa, suzuvchi o'zining avvalgi natijasini 2,32 soniyaga yaxshiladi.
Havola :
Manba : aquatics.uz
Fikrlar