So’nggi yangiliklar

16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0

02 sen 18:03
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Indoneziyadagi Osiyo o'yinlari qahramonlari Toshkentda tantanali tarzda kutib olindi + FOTO

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Xabaringiz bor, o'zbekistonlik sportchilar Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o'tkazilgan XVIII Osiyo o'yinlarini yakunlashdi.

Hamyurtlarimiz ushbu o'yinlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 21ta oltin, 24ta kumush va 25ta bronza medallariga ega chiqishdi. Musobaqa davomida 70ta medal qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobiga ko'ra beshinchi o'rinni egalladi.

Bugun Osiyo o'yinlarida ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilar Jakartadan yurtimizga qaytib kelishdi. O'zbekiston sport delegaciyasi azolari poytaxtimizga mamlakatimiz Prezidenti jo'natgan Boing 787 Dream Liner'a charter reysda uchib kelishdi.

Osiyo o'yinlari qahramonlari poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari va boshqa bir qator masul mutasaddilar, sportchilar, ularning yaqinlari, muxlislar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ochib berdi. Bosh vazir so'zga chiqar ekan, ushbu Osiyo o'yinlari sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechganligi, hamyurtlarimiz qitaning bir qator yirik mamlakatlarini ortda qoldirib ketganligini, demak sportchi va murabbiylarimiz ayni paytda to'g'ri yo'ldan ketayotganliklarini alohida takidlab o'tdi.

SHundan so'ng delegaciyamizni tabriklash uchun bir qator taniqli shahslar, Osiyo o'yinlari chempionlari Svetlana Radzivil, Isroil Madrimov, musobaqalarda sovrindor bo'lgan sportchilarimizning yaqinlari so'zga chiqishdi va ushbu muvaffaqiyat uchun xalqimiz, Prezidentimiz, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga minnatdorchilik bildirishdi.

Tadbir yakunida O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova so'zga chiqdi va yurtdoshlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi. So'ngra yig'ilganlar bilan jo'rlikda "Xech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston!" qo'shig'i kuylandi.

Aeroportdagi tadbir yakunlanganidan so'ng sportchilarimiz maxsus ajratilgan ikki qavatli avtobuslarda Milliy olimpiya qo'mitasiga yo'l olishdi. Sportchilar u erda ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan muloqot qilishdi, esdalik uchun suratga tushishdi.

Demak, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqalaridan biri hisoblangan Osiyo o'yinlari ham ortda qoldi. Indoneziyadagi o'yinlar yakunlanishi bilan, Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rasman boshlandi. Umid qilamizki, ikki yildan so'ng kunchiqar yurtda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarida ham O'zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, ushbu zafarli yurishlarni davom ettiradilar.




Reyting:    

Fikrlar

+2   
02 sen 18:14:01
Sarvar_Parkentlik
Xasanboy kayfiyati juda zör ajoyib ! Oltinga örgatib qöyib endi kumuw olganini xazm qilolmadikda.
+1   
02 sen 18:20:58
ufcking5
Barbir bokchilarimizga gap yoq zor
   
02 sen 19:39:38
Dilshot Solihov
Bokischilaga gap yo'q nasib qilsa mundanam yahshi bo'ladi . Hasanboy biza sandan oltin omaganinga hafa emasmiz faqat kelib kelib Hind bokischisiga yutkazganin alam qildi endi o'zgar riyodagi Hasanboy kere bunisimas bizaga hammaga rahmat !!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing