So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

06 mar 14:40
Yangiliklar

Boshqalar

Indor xokkey bo'yicha O'zbekiston chempionati g'oliblari aniq bo'ldi

Andijon shahrida ayollar va erkaklar jamoalari o'rtasida indor xokkey bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

“Barkamol avlod” stadionida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan o'tkazilgan mamlakat chempionatida oltitadan erkaklar va ayollar jamoalari ishtirok etdi.

Erkaklar o'rtasidagi musobaqalarda Andijon, Toshkent, Namangan, Xorazm, Farg'ona viloyatlari terma hamda Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati jamoalari g'oliblik uchun bahs olib bordi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, Andijon viloyati terma jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin Toshkent viloyati, uchinchi o'rin Namangan viloyati terma jamoalariga nasib etdi.

Ayollar jamoalari o'rtasida esa Andijon, Buxoro, Samarqand, Farg'ona, Namangan va Xorazm viloyatlari terma jamoalari kuch sinashdi. Yakunda Buxoro viloyati terma jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, birinchi o'ringa sazovor bo'ldi.

Andijon viloyati jamoasiga ikkinchi, namanganlik xokkeychi qizlarga uchinchi o'rin nasib etdi. CHempionatning g'olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan tegishli medallar, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing