So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

23 iyu 10:29
Yangiliklar

Boshqalar

Indor xokkey: Terma jamoamiz Osiyo kubogida bronza medaliga ega chiqdi

Tailandning CHonburi shahri mezbonlik qilgan Indor xokkey bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi yakuniga etdi.

Ushbu nufuzli turnirda ham erkaklar, ham ayollar terma jamoamiz munosib ishtirok etdi. 

Rinat Mamatkazin murabbiyligidagi erkaklar termamiz o'z guruhida Xitoy Taypeyi (7:2), Singapur (2:1) va Nepal (13:2) termalarini mag'lubiyatga uchratib, faqat Qozog'iston terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan (1:4) holda guruhda 2-o'rin egasi sifatida yarim finalga yo'llanma oldi. Yarim finalda “V” guruhi g'olibi, sportning ushbu turi bo'yicha qitada etakchilardan hisoblangan Eron termasiga ham yutqazib qo'ydi (1:9). Nihoyat, 3-o'rin uchun Malayziya termasiga qarshi kechgan o'yinda ham hamyurtlarimizga omad etishmadi (3:6). SHu tariqa erkaklar terma jamoamiz qitada to'rtinchi jamoa nomiga loyiq topildi.

Erkaklar o'rtasidagi musobaqalarda eronliklar oltin, Qozog'iston kumush va nihoyat malayziyaliklar bronza medaliga ega chiqishdi. O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 4-o'rin bilan kifoyalandi.

Oybek Patiddinov ustozligidagi ayollar terma jamoamiz ham musobaqani ko'tarinki ruhda o'tkazdi. Qizlarimiz guruhda Nepal (9:0), Filippin (11:0) termalarini yirik hisoblarda mag'lub etib, Qozog'iston (2:7) va Eron termasiga (1:4) imkoniyatni boy berishdi. To'plar nisbatiga ko'ra guruhda ikkinchi o'rindan joy olgan hamyurtlarimiz yarim finalda tailandliklarga kichik hisobda (3:5) yutqazib qo'yishdi.

3-o'rin uchun kechgan bahsda xokkeychi qizlarimizga ham malayziyaliklar ro'baro' keldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida durang qayd etildi, bulut bo'yicha omad o'zbekistonliklarga kulib boqdi (1:0). SHu tariqa terma jamoamiz qitaning nufuzli musobaqasida faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Ayollar bahsida bosh sovrin qozog'istonliklarga nasib qildi. Tailand va O'zbekiston terma jamoalari ikkinchi va uchinchi o'rinlarni bo'lishib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing