15 avg 12:45
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/2973_220.jpg)
Inesta “Barselona” tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan ikkinchi futbolchi
“Barselona” yarim himoyachisi Andres Inesta jamoa tarkibida shaxsiy yutuqlarni qo'lga kiritishda davom etmoqda.
“Sevilya”ga qarshi o'tkazilgan Ispaniya Superkubogi doirasidagi birinchi bahs futbolchi uchun Kataloniya klubidagi 594-o'yin bo'ldi. Bu borada u faqatgina “ko'k-anor ranglilar”ning sobiq azosi Xavi Ernandesdan ortda qolmoqda.
Xavi Ispaniya grandi uchun 766 uchrashuv o'tkazgan. Inesta Karles Puyol (593), Migeli (549) va Viktor Valdes (533) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” ushbu bahsda “Sevilya”ni mehmonda 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Javob o'yini 18 avgustda o'tkaziladi. Inestaning o'zi uchrashuvning 36-daqiqasida tizzasidan jarohat oldi va maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi.
Havola :
Fikrlar