31 mar 19:08
Yangiliklar
Futbol

Insine A Seriyaning mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi
"Napoli" forvardi Lorenco Insine Italiya chempionatining mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Bu haqda A Seriya rasmiy sayti xabar bermoqda.
29 yoshli italiyalik futbolchi mart oyida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Insine joriy mavsumda bu mukofotni qo'lga kiritgan ilk "Napoli" o'yinchisiga aylandi.
Malumot uchun, Insine joriy mavsum barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar