23 apr 10:05
Yangiliklar
![](/upload/storage/11483_220.jpg)
“Inter” 4 ta gol urib ham mag'lubiyatdan qutula olmadi
Murosasiz kechgan bellashuvda dastlab florenciyaliklar azosi Vesino hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik Perishich va Ikardi milanliklarni tanaffusga g'olib sifatida olib chiqishdi.
Ikkinchi
bo'lim o'rtalarida Astori
muvozanatni tiklagan bo'lsa, Vesino uchrashuvda ikkinchi golini urib, jamoasini
hisobda oldingi olib chiqdi. Keyinchalik El-Babakar mehmonlar darvozasini ikki
bor ishg'ol etdi.
O'yin oxirlariga kelib Mauro Ikardi ketma-ket ikki gol urishga erishdi. Natijaja gollarga boy bo'lgan bahsla maydon egalari 5:4 hisobida g'alaba qozonishdi.
Italiya chempionati. 33-tur
Fiorentina – Inter 5:4 (1:2, 4:2)
Gollar: 1:0 – 23 Vesino, 1:1 – 28 Perishich, 1:2 – 34 Ikardi, 2:2 – 62 Astori, 3:2 – 64 Vesino, 4:2 – 70 El-Babakar, 5:2 – 79 El-Babakar, 5:3 – 88 Ikardi, 5:4 – 90 Ikardi.
Fiorentina – Teterushanu, Tomovich (Salsedo, 54), Sanches, Astori, Telo (Kristoforo, 82), Badel, Vesino, Milich, Bernardeski (Ilichich, 58), Valero, El-Babakar.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Medel, Miranda, Nagatomo (Eder, 73), Galyardini, Kondogbia (Brozovich, 76), Kandreva, Joau Mariu, Perishich, Ikardi.
Ogohlantirishlar: Astori (75), Sanches (78), Kristoforo (90), Xandanovich (90).
Fikrlar