08 avg 15:51
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/2568_220.jpg)
“Inter” bosh murabbiyi Manchini istefoga chiqdi
Milanning “Inter” klubi bosh murabbiyi Roberto Manchini istefoga chiqdi.
Bu haqida Sky Sport Italia nashri xabar berdi. Italiyalik 51 yoshli mutaxassis mavsumlar oralig'ida o'tkazilgan o'yinlardagi to'rtinchi mag'lubiyatdan so'ng o'z lavozimini tark etgan.
Ayni paytda “Inter” rahbariyati Amsterdamning “Ayaks” klubi sobiq bosh murabbiyi Frank de Bur bilan muzokara olib boryapti. Xabarda aytilishicha, de Bur bilan 3 yillik shartnoma imzolanadi.
Malumot uchun, Roberto Manchini “Inter” klubida 2 yilga yaqinroq vaqt mobaynida faoliyat yuritdi. Aniqrog'i, u 2014 yilning 14 noyabr kuni “Inter”ni qabul qilib olgandi.
Havola :
Fikrlar