29 may 18:16
Yangiliklar
Futbol

"Inter" Hakimining narxini oshirdi
"Inter" himoyachisi Ashraf Hakimi transfer bozorida katta talabga ega bo'lmoqda.
22 yoshli futbolchining xizmatlariga bir nechta top-klublar qiziqmoqda. Gap PSJ, "Bavariya" va "Manchester Yunayted" haqida ketmoqda.
Milanliklar o'yinchini o'z tarkiblarida saqlab qolishmoqchi, ammo Ashraf uchun 70 million evro to'lansa, ular futbolchini sotishlari mumkin.
Malumot uchun, himoyachi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 37 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 8 ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Fikrlar