20 may 09:36
Yangiliklar

"Inter" PSJ futbolchisi bilan muzokaralar olib bormoqda
PSJ hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "Inter" 33 yoshli urugvaylik futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshladi.
"Neradzurrilar" Kavanining transferi borasida jiddiyroq ishga kirishishi mumkin, sababi klubning boshqa bir maqsadi "Napoli" forvardi Dris Mertens neapolliklar bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo'ldi.
Kavanining PSJ bilan tuzgan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar