25 noy 16:09
Yangiliklar
Futbol
"Inter" Rojdestvogacha Brozovich bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Inter" rahbariyati shartnomani uzaytirish bo'yicha yarim himoyachi Marselo Brozovich bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Neradzurrilar" masalani Rojdestvoga qadar yopishga umid qilishmoqda.
"Brozovichning yangi shartnomaga imzo chekishi borasida optimistik kayfiyatdaman", - deydi "Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta.
Marselo "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 29 yoshli futbolchi joriy mavsum 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar