18 okt 18:15
Yangiliklar
Futbol

"Inter" va "Milan" Italiya terma jamoasi futbolchisi uchun kurashmoqda
"Torino"da harakat qilayotgan Italiya terma jamoasi hujumchisi Andrea Belotti jamoasini o'zgartirishga yaqin.
O'yinchi "buqalar" rahbariyatiga mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayotganini xabar qildi.
Futbolchi uchun bosh davogar "Milan" va "Inter" klublaridir. Ikki klub ham joriy mavsum so'nggida Belotti bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolamoqchi.
27 yoshli futbolchi 2015 yilning avgustidan beri Turin jamoasida o'ynaydi. Andrea joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi uchta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar