So’nggi yangiliklar

18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0

30 iyu 13:24
Yangiliklar

Boks/MMA, Osiyo o'yinlari

Intervyu. Hasanboy Do'smatovni boksga etaklagan tasodif, Messi va boshqalar haqida

Milliy olimpiya qo'mitasining "SHohsupa sari yo'l" loyihasi davom etadi.

Bugungi sonimizda Olimpiya o'yinlari chempioni, 2016 yilgi jahonning eng yaxshi bokschisi  Hasanboy Do'smatov savollarimizga javob qaytaradi.

Avval kikboks, keyin esa boks

Avvaliga sportning kikboks turi bilan shug'ullanardim. Olimpiya zaxiralari kollejida ham aynan ushbu yo'nalish bo'yicha o'qishni istagandim. Biroq, u erda kikboks yo'nalishi yo'qligi sabab boksni tanlaganman. SHu tariqa, kollejda boks bo'yicha tahsil ola boshladim.

Dietolog tavsiyasiga ko'ra ovqatlanadi

Ovqatlanish tartibi haqida gapiradigan bo'lsam, kuniga uch mahal ovqatlanamiz. Terma jamoamizda dietologlar ham bor. Taomlarni aynan ularning tavsiyasiga binoan istemol qilamiz.

Sevimli sportchisi - futbolchi

Sevimli sportchim "Barselona"ning argentinalik futbolchisi Lionel Messidir. Uning o'yinlari, maydonda o'zini tutishi menga juda yoqadi. Bokschilardan esa filippinlik afsonaviy charm qo'lqop ustasi Menni Pakyaoga havas qilaman.

Kutilmagan voqea

Hayotimdagi eng kutilmagan voqea sifatida Olimpiada chempioni bo'lganimni ko'rsatishim mumkin. To'g'risi, buni ko'pchilik, shu o'rinda o'zim ham kutmagandim. Ammo bu sharafli vazifani uddalay oldim. Bundan judayam xursandman.


Intizom va mehnat

CHempionlikka erishish uchun birinchi navbatda intizom va albatta qattiq mehnat talab etiladi. SHuningdek, murabbiy ko'rsatmalarini ham o'z vaqtida va to'liq bajarish lozim.

Osiyo o'yinlarida chempion bo'lmoqchi

Qitadagi to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi ham oson kechmaydi. CHunki, u erda barcha chempionni mag'lub etishga harakat qiladi. Unga qarshi ringga ikki barobar kuch bilan chiqishadi. CHempion ularning barchasiga qarshi turib bera olishi lozim. Asosiy maqsadim Osiyo o'yinlari chempioni bo'lib, Vatanimiz bayrog'ini yana bir bor jahon arenalarida yuqoriga ko'tarishdir. Nasib qilsa, O'zbekistonga chempion bo'lib qaytamiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
02 avg 10:52:24
Bahodir
Тохир,
яхши тилак билдиринг))))
-2   
30 iyu 14:49:00
tohir
osiyo oynlarini ham chichib qoysang bilmadim endi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing