So’nggi yangiliklar

15:50"Челси" Энцо Фернандеснинг эҳтимолий трансферига захира вариантларни топиб қўйди 0 15:22Мераб Двалишвили: "Мен барча доғистонликларни ҳурмат қиламан, фақат бир кишидан ташқари" 0 15:14Расман! Фурқатбек Ёқубов Mangu Лигасининг илк чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 14:55"Тайёрман!". Ҳасанбой Дўсматов Бибоссиновга қарши жанг ҳақидаги саволга жавоб берди 0 14:28Бобур Қурбонов Prime FL камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил маълум + ПОСТЕР 0 14:04"Атлетико" Альваресни "Арсенал"га қанчага сотишга тайёрлиги маълум 0 13:39Таэквондочиларимиз "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women’с Open Championships" Очиқ чемпионатида қатнашади 0 13:12Яхши хабар! Достон Бозоров Али Абдел-Азиз билан келишувга эришди 0 12:39Шара Буллетнинг Москва турниридаги янги рақиби маълум бўлди + ПОСТЕР 0 12:13"Шокдан ҳам баттар". УЕФА раҳбари Чеферин ЖЧда Балогун билан боғлиқ жанжалга муносабат билдирди 0 11:47Ислам Махачев: "Олдинда учта томошабоп ва оғир жанг кутиб турибди" 0 11:19Полина Кудерметованинг US Open 2026 саралашидаги учрашуви 68 дақиқа давом этди 0 10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0

12 iyu 16:02
Yangiliklar

Boks/MMA, Osiyo o'yinlari

Intervyu. Isroil Madrimov Osiyo o'yinlari, kumirlari va boshqalar haqida

Milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot va Media departamenti Osiyo o'yinlari oldidan "SHohsupa sari yo'l" loyihasini ishga tushirdi.

Unda qitaning nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan suhbat uyushtiriladi. Loyihaning dastlabki sonida engil atletikachimiz, Xalqaro toifadagi sport ustasi Nadiya Dusanova loyiha mehmoni bo'lgandi. Bugun esa biz istedodli bokschi, Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari sovrindori Isroil Madrimov bilan uyushtirilgan suhbatni etiboringizga taqdim etamiz.

Nima uchun aynan boks?

SHuni alohida qayd etib o'tishni istardimki, oilamizda sportga alohida etibor bilan qarashadi. O'zim ham bolaligimdan sport bilan shug'ullanaman. Onam etti yoshimda meni gimnastika va akrobatiga to'garagiga olib borganlar. Boks bilan esa beshinchi sinfdan boshlab jiddiy ravishda shug'ullana boshlaganman. Boksni haqiqiy erkaklar sporti deb hisoblayman. Erkaklar o'z oilasi, vatanini himoya qilishi lozim. Bizni shunday tarbiyalashgan. Undan tashqari, ushbu sport turida birinchi navbatda aqlni ishlatish lozim. SHu sababli ham aynan boksni tanlaganman.


Vaznni doimo nazoratda ushlab turish lozim

Tartib bo'yicha biz kuniga uch mahal ovqatlanamiz. Tabiiyki, boksda vaznni nazorat qilish juda muhim hisoblanadi.

Malumot uchun, Isroil Madrimov -75kg vazn toifasidagi janglarda ishtirok etadi. U o'z intervyularidan birida "-75kg vazn toifasi o'zbeklarga tegishli" deb hazil qilgandi. Haqiqatdan ham ushbu vaznda ko'plab o'zbekistonlik chempionlar bor.


Kumirlari

CHempionlarga judayam havas qilaman. Ularning har biridan nimadir o'rgansa bo'ladi. Jahon boksida Oskar de la Xoyya, Vasiliy Lomachenko va Gennadiy Golovkinning muxlisman. Ularning harakatlari, janglari menga juda yoqadi.

CHempionlik siri

CHempion bo'lish juda yoqimli. Ammo, buning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. Eng kuchli bo'lish uchun tinmay mehnat qilish, maqsad sari doimo intilish kerak bo'ladi.



Osiyo o'yinlari haqida

To'rt yil oldin men Osiyo o'yinlarida kumush medali sohibi bo'lganman. Incheondagi musobaqa finalida Olimpiya o'yinlari chempioni Daniyar Eleusinovga mag'lub bo'lgandim. Endi Daniyar yo'q, lekin uning o'rniga boshqa bir qozog'istonlik bokschi bor, shuningdek, vaznimda filippinlik raqibim ham kuchli hisoblanadi. O'shanda men endi-endi katta boksga qadam qo'yayotgandim. Hozirgidek tajriba o'shanda bo'lmagan. Jakartadagi Osiyo o'yinlarida siz umuman boshqa Madrimovni ko'rasiz. U o'ziga, o'z kuchiga ishonadi. Umid qilamanki, Osiyo o'yinlarida shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin olib, yurtdoshlarimizni xursand qilaman.


Reyting:    

Fikrlar

+1   
12 iyu 17:05:08
Мистер Джокер
Man iwonaman sanga ten keledigon bokschi yuq kere bulsa usha lomachenkolaram sanga xavas qilishadi vaqti kelib
   
12 iyu 17:16:04
Dilshot Solihov
100 foyiz ishonamiz chimpiyon gap yo' bo'larkanu admila esiz Bektemirsiz o'tarkande Osiyo o'yinlari
   
12 iyu 16:31:06
Bek
Яша ўғил бола.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing