So’nggi yangiliklar

11:38"Реал" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди 0 11:17Аралаш жамоавий баҳслар: Ўзбекистон - Хитой таркиблар маълум 0 10:56UFC 307 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 10:35Бугун жаҳон чемпионатида аралаш жамоавий баҳслар бўлиб ўтади, илк рақиб - Хитой! 0 10:14UFC 307: Алекс Перейранинг Раунтрига қарши жанги муддатидан олдин якунланди 0 10:10Футзал. Бугун Тошкентдаги ЖЧда чемпион ва бронза медали соҳиблари аниқланади 0 09:49Кечаги олтин медаль эвазига Жаҳон чемпионатидаги иштирокимизни нечанчи ўринда якунладик? 0 09:28UFC 307да янги чемпион: Co-main event жанги тўлиқ давом этди 0 09:01UFC 307. 38 ёшли Жозе Альдо иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди + ФОТО 0 08:40"Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Азиз Ғаниев 62 дақиқа ўйнади 0 08:19Шанхай "Мастерс". Жокович тай-брейкларда қийини ғалабага эришди 0 07:58От спортининг "поло" тури бўйича мусобақа ўтказилди + ФОТО 0 07:37"Тошкент-2025" ўйинларида допинг назорати қай тартибда олиб борилади? 0 07:16Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист 0 19:16Дунёнинг иккинчи ракеткаси Shanghai Masters`да муваффақиятли старт олди 0

25 apr 15:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Intervyu. Lochin Qo'chqorov O'zbekistondagi ayollar boksi, natijalar va kelajakka umid haqida

Karantin vaqtida O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati bir necha katta intervyularni muxlislarimiz hukmiga havola qilib kelmoqda.

Bungacha federaciya raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov bir qator savollarga javob berib o'tishdi. Bugungi mehmonimiz boks bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy" unvoni sohibi Lochin Qo'chqorov bo'ladi.  

-Lochin aka, yaqin yillardan buyon O'zbekistonda ayollar boksiga etibor kuchaydi. Buni siz murabbiylar, terma jamoa azolari his qilyapsizlarmi?

-O'zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiyi sifatida 2017 yili yanvar oyidan boshlab faoliyat boshlaganman. Ungacha ikki yil davomida Xitoyda faoliyat olib bordim. Meni O'zbekistonda ayollar boksi rivojiga hissa qo'shish uchun chaqirishgandi. O'zbekiston boks federaciyasi taklifni eshitib, u erdagi shartnomamni bekor qilganman va o'z vatanim terma jamoasida ish boshlaganman. Mengacha ham bir necha murabbiylar ushbu yo'nalishda mehnat qilishgan. Jumladan "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy" Rinat aka Yusupov, Rahmatjon Ro'zioxunov, Dilmurod Hasanov, Kamoliddin Mutalov kabi mutaxassislar mehnat qilishdi. 2016 yilda Yodgoroy Mirzaeva o'zbek qizlari ichida ilk marotaba Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritgandi. 

Yaxshi bilasiz, 2016 yili yigitlarimiz Olimpiya o'yinlarida o'zbekistonlik boks muxlislarini xursand qilib, ilk marotaba umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Yaqin yillardan buyon asta-sekin qizlarimizga ham etibor qaratila boshlandi. Buning uchun albatta yurtboshimizga rahmat aytib qolaman. Agar shunday tempda davom etsak, kelajakda Xudo xohlasa yaxshi natijalar ko'rsata olamiz. Umuman olganda, Markaziy Osiyoda asosan erkak bokschilar azaldan jahon miqyosida ajoyib natijalar ko'rsatib kelishadi. SHu sababli, mintaqamizda asosan erkaklar boksiga etibor kuchli bo'lgan.


Yana shuni qo'shimcha qilishni istardimki, bugungi kunga kelib rag'batlantirish masalalarida qizlarimizga ham erkaklar terma jamoasi bilan bir hil etibor ko'rsatiladi. Yani, jahon va Osiyo chempionatlarida sovrindor bo'lgan qizlarimiz natijasiga qarab, yigitlar bilan bir hil mukofot puli oladi. Ulardan faqat natija ko'rsatish talab qilinadi. 


-Xitoydagi faoliyatingiz qanday bo'lgan?

-U erda Lyaonin provinciyasining SHenyan shahrida provinciya terma jamoasida ishlaganman. CHin o'lkasidagi faoliyatim 2014 yildan 2016 yilning dekabrigacha davom etgan. Qo'l ostimda asosan erkaklar, shuningdek 3-4 nafar qizlar ham bor edi. U erdagi bokschilarimdan biri ayollar o'rtasida Osiyo chempioni bo'ldi, shuningdek erkaklar o'rtasida ikki nafar bokschimiz mamlakat chempionati g'olibiga aylandi. Ular ketishimni istashmagandi. Ammo, ular meni tushunishdi va omad tilashdi. 


-Bugungi kunda ayollar terma jamoasining qayd etayotgan natijalari haqida nimalar deya olasiz?

-Bungacha 2017 yilda Vetnamda o'tkazilgan Osiyo chempionatida bitta oltin, ikkita bronza medalini qo'lga kiritdik. O'shanda boksimiz tarixida ilk marotaba Go'zal Ismatova ayollar o'rtasida Osiyo chempioni bo'lgandi. Yana Yodgoroy Mirzaeva va Ezoza Melieva bronza medaliga sazovor bo'lishgan. SHuningdek, 2019 yilgi Osiyo chempionatidan ham uchta medal bilan qaytdik. Agar kuzatgan bo'lsangiz, osiyolik bokschi qizlar jahon miqyosida ham kuchli hisoblanishadi. Xitoy, Tailand, Filippin kabi mamlakatlarning bokschi qizlari jahon chempionatlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishadi. Ular o'g'il bolalarga o'xshashadi (kuladi). Ularda uzoq yillardan buyon ayollar boks maktabi faoliyat olib boradi. Hozir O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan sport bazasi yaratish bo'yicha say-harakatlar olib borilmoqda. Agar terma jamoamiz uchun alohida baza bo'lsa, yaqin yillar ichida bizdan ham jahon miqyosidagi boks yulduzlari etishib chiqadi. Hozirda o'smirlar va yoshlar toifasidagi qizlarimiz qita miqyosidagi musobaqalarda yaxshi natija ko'rsatishmoqda. Ular yoshligidan boks maktabini ko'rib kelishmoqda. Vaqti kelib ular kattalar o'rtasidagi musobaqada qatnashishadi va shunda natijalar ham ko'ngildagidek bo'ladi. Yaxshi natijalarga erishish uchun vaqt talab etiladi.

2019 yili O'zbekiston boks federaciyasi tashabbusi bilan O'zbekiston yoshlar, o'smirlar terma jamoalari tashkil etildi. Yoshlar terma jamoasiga Kamoliddin Mutalov, o'smirlarga esa o'z vaqtida taniqli bokschi bo'lgan Laziz Zokirov tayinlandi. Ular o'z shtablariga iqtidorli, yosh murabbiylarni jamlashdi. 

Hozir o'smirlar va yoshlar terma jamoasi bokschi qizlari haqiqiy maktabni ko'rishmoqda. Bu kelajakda o'z samarasini beradi. O'smirlarimiz 2019 yili Quvaytda o'tkazilgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytishdi. Ishonamanki, ular avvaliga yoshlar, keyin esa kattalar terma jamoasi safida jahon boksi etakchilari bilan raqobatlashishadi. Bu borada O'zbekiston boks federaciyasining aniq reja va strategiyasi bor. Federaciya birinchi vice-prezidentligiga Saken Djetibaevich kelganidan so'ng ayollar boksiga etibor kuchaydi. Biz uchun yig'inlar tashkil etilmoqda, xorijiy musobaqalarda ham ishtirok etmoqdamiz.


-Mamlakatimizda ayollar boks terma jamoasi tuzilganiga ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Aytib o'tganingizdek, hozirgi katta yoshdagi qizlarimiz bolaliklaridan boks maktabini ko'rishmagan. Ular qaysi sport turlaridan taklif etilgan?

-To'g'ri aytdingiz. Terma jamoa tuzilayotgan vaqti sportchilarimiz taekvondo, qo'l jangi, tayboks kabi sport turlaridan kelib qo'shilishgan. Ular orasida xattoki og'ir atletikadan sport ustasi ham bor edi. Biz mana shunday qizlar bilan qisqa muddat ichida terma jamoa tuzdik va hozirgacha shunday natijalarga erishdik. 


-Karantin sabab rejalar o'zgargan bo'lsa kerak. Bokschi qizlarimiz ayni paytda nimalar bilan bandlar? Ularni nazorat qilib turibsizmi?

-Ayni paytda barcha bokschi qizlarimiz uylarida va ular bilan muntazam aloqani yo'lga qo'yganmiz. Ular ikki mahaldan shug'ullanishmoqda. Ishonamanki, karantindan so'ng barchasi yaxshi bo'ladi va biz Parijdagi licenzion turnirga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Agar karantin bo'lmaganida Toshkent shahrida yosh qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati tashkil etgan bo'lishimiz lozim edi. Buning uchun O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan katta tayyorgarlik ko'rib qo'yilgandi. Musobaqa uchun barcha narsa shay edi. Tayyorgarlik yuqori saviyada edi. Buning uchun federaciyaga rahmat. Lekin, ushbu virus kutilmaganda bizning mamlakatimizga kirib keldi va rejalashtirilgan musobaqa hamda yig'inlar bekor qilindi. 


-Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Olimpadada ayollar uchun vaznni ko'paytirgani haqida nimalar deya olasiz?

-Darhaqiqat, Tokio Olimpiadasi uchun Xalqaro Olimpiya qo'mitasi ayollar uchun vaznlarni beshtaga ko'paytirdi. Tashkilot genderlar tengligini taminlash maqsadida shunday qarorga kelgan. SHunga monand ravishda bizda ham ushbu yo'nalishga etibor qaratilmoqda. Bu zamon talabi. Men sizga bir gapni aytishim mumkin. Qizlarimizning potenciali yuqori. Lekin bu sport. Unda har narsa bo'lishi mumkin. Yana shuni qo'shimcha qilishim mumkinki, yigitlarga qaraganda qizlar bilan ishlash biroz murakkab. Ularning o'ziga xos xarakteri, nozik tabiati bor. SHu sababdan ham barchaga individual yondoshuv kerak bo'ladi. 


-Ammanda o'tkazilgan licenzion turnirda bitta yo'llanma qo'lga kiritdik. Sizningcha bundan ko'proq qo'lga kiritishimiz mumkin edimi? Unday bo'lsa bizga nima halal berdi?

-Licenzion musobaqa yakuniga ko'ra bitta vaznda yo'llanma qo'lga kiritdik. Aslida, kamida ikkita licenziya olishni maqsad qilgandik. -75 kg vazn toifasida Navbahor Hamidova qozog'istonlik raqibasiga qarshi jangida g'alabaga juda yaqin kelgandi. Lekin, yakunda hakamlar raqibning g'alabasini qayd etishdi. U o'sha jangda juda yaxshi harakat qilgandi. Aslida qozog'istonlik bokschi ham kuchli edi, o'smirlar Olimpiadasida sovrindor bo'lgan. SHuni qo'shimcha sifatida aytishim mumkinki, Qozog'istonda ayollar boksiga etibor bundan 15 yil oldin boshlangan. Navbahor esa hali yosh va o'tgan yili yoshlar terma jamoasidan bizga kelib qo'shildi. Aslida u bungacha yoshlar terma jamoalari yo'q vaqtda ham kattalar terma jamoasida yig'inlarda ishtirok etardi. 


-Terma jamoada sizga yordam berayotgan murabbiylar haqida nimalar deya olasiz?

-Tajribali murabbiylarimiz ko'p. Umuman olganda harakat qilyapmiz. Ishonchim komil, reja asosida, shunday ruxda ishni davom ettirsak, barchasi yaxshi bo'ladi. Hozirda ishni tashkil etishda turli yosh toifalaridagi murabbiylar, jumladan yoshlar terma jamoasi murabbiyi Kamoliddin Mutalov, o'smirlar terma jamoasi ustozi Laziz Zokirov, bundan tashqari Dilmurod Hasanov, bokschi qizlarning shaxsiy murabbiylari yordam berishmoqda. SHuningdek, Zokir SHarofov, G'ayratjon Karimov, Islomjon Tojiboev kabi murabbiylarimizni ham alohida qayd etib o'tishim lozim. Murabbiylar jamoamiz yaxshi, bir birgalikda yaxshi natijalarga erisha olamiz. 


-O'zbek boksi yulduzlaridan biri Elshod Rasulovning terma jamoaga sizga yordamchi sifatida qo'shilishi bokschilarga qanday tasir qildi? 

-Elshod Rasulov terma jamoasi azosi bo'lgan vaqtida ham istedodli, masuliyatli, kuchli sportchi bo'lgan. Yaqindan boshlab u ham O'zbekiston boks federaciyasi topshirig'iga ko'ra biz bilan birga ayollar terma jamoasida ish boshladi. U haqiqiy yordamchi. Bir qator masalalarda yordam berib kelmoqda. Lekin baribir masuliyat menda qolgan, natija uchun men javob beraman. SHunday bo'lsada, murabbiylar shtabi bilan birgalikda kelishib, maslahatlashgan holda ish olib boramiz. Uning safimizga kelib qo'shilganidan xursandman.

 

-Karantin vaqtida bokschi qizlarga maslahatingiz. 

-Yuzaga kelgan karantin paytida barchadan uyda qolishni, gigiena talablariga qatiy rioya qilishni so'rab qolaman. Ishonamanki, agar barcha qoidalarga to'liq amal qilsak, biz ushbu koronavirusni engib o'tamiz. Barchaga rahmat. Nasib qilsa hammasi yaxshi bo'ladi, barcha sohada ishlarimiz rivojlanib ketadi.


Aziz To'xtamurodov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing