So’nggi yangiliklar

11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0

09 apr 16:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Intervyu. Marat Qurbonov rejalar, Bobousmon - SHahram qarama-qarshiligi va Madrimovning ishtiroki haqida

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati boks bo'yicha terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonov bilan suhbat uyushtirdi.

-Yaqinda Iordaniyada Tokio Olimpiadasiga licenziya beruvchi musobaqa yakuniga etdi. Unda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladik. Ammandagi turnirdan ko'nglingiz to'ldimi?

-Ha barchasi ajoyib. Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun bizga barcha sharoitlar yaratib berildi. Bu yutuqlar butun O'zbekistonniki. Intervyu avvalida yurtimizda boksni rivojlantirish yo'lida yaratib berilayotgan sharoitlar uchun mamlakatimiz rahbariga minnatdorchilik bildiraman. Hukumatimizga ham rahmat. SHuningdek, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston boks federaciyasi va homiylarga ham o'z rahmatimni aytib qolaman.

Musobaqa haqida gapiradigan bo'lsam, barchasi ko'ngildagidek kechdi. Ahir biz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Faqat -75 kg vazn toifasida rejalarimiz biroz o'zgarib ketdi. Ayrim sabablarga ko'ra Bektemir Meliqo'ziev musobaqada qatnasha olmadi, shu sababli ozgina muammo bo'ldi. Uning o'rniga turnirda Fanat Qahramonov qatnashdi. To'g'risini aytaman, uning musobaqada ishtirok etishi rejada yo'q edi. Musobaqada yo'l qo'yilgan kamchiliklar ustida ishlaymiz, nasib qilsa jahon licenzion turnirida yo'llanmalarni qo'lga kiritamiz. 


-Tokio Olimpiadasi 2021 yilga qoldirildi. Bu o'z navbatida rejalarga ham tasir ko'rsatadi. Endi terma jamoa qanday yo'l tutadi?

-Hozirda bokschilarimiz o'z uylarida mashg'ulot olib borishmoqda. Yaxshi bilasiz, mamlakatimizda karantin elon qilingan. Ushbu jarayon o'z yakuniga etganidan so'ng shunga qarab rejalar tuzamiz. Karantindan keyin yig'inlarni boshlab yuboramiz. Ayni paytda oldimizda ko'plab takliflar turibdi. Ulardan sizga aytishim mumkin bo'lgani, yozda Rossiyada o'tkaziladigan o'quv-mashg'ulot yig'inlaridir. U erda Rossiyadan tashqari Kuba va Qozog'iston terma jamoalari ham bo'lishadi. Yig'in yakunida har to'rtta terma jamoa bokschilari ishtirokida jamoaviy janglar tashkil etiladi. Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini biz uchun foydali bo'lishiga ishonaman. Bundan tashqari, yana bir necha mamlakat terma jamoalaridan O'zbekistonda yig'in olib borish taklifi kelib tushgan. Ammo, biz vaziyatdan kelib chiqqan holda ish tutamiz. SHunga qarab reja tuzamiz. 

Bundan tashqari, shu yili 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasida Osiyo chempionati ham o'tkaziladi. Terma jamoa azolari ichida bunday yoshga to'g'ri keladigan 30 nafarga yaqin bokschi bor. Parallel ravishda ularni ham mazkur Osiyo chempionatiga tayyorlamoqdamiz. 


-Ikki vazn toifasida Parijdagi licenzion musobaqada qaysi bokschilarimiz ishtirok etishadi?

-Ushbu musobaqada -81 kg vazn toifasida Dilshod Ro'zmetov yurtimiz sharafini himoya qiladi. -75 kg vaznda esa katta ehtimol bilan Isroil Madrimov musobaqada qatnashadi. Ko'p narsa musobaqaning qachon va qaerda o'tkazilishiga bog'liq. SHundan so'ng bu borada yana aniq malumot bera olaman. Hozircha ushbu licenzion turnirning qachon o'tkazilishi nomalum. 


-Licenzion musobaqa oldidan turnirga kimlar borishi bo'yicha bahs-munozaralar ko'payib ketdi. SHu masalada malumot bera olasizmi? Boboumon Baturov va SHahram G'iyosov o'rtasidagi tanlov qanday amalga oshirildi?

-Ushbu masala bo'yicha oldimizda qiyin tanlov turgandi. SHahram G'iyosov kuchli bokschi. Jahon chempioni, Olimpiya o'yinlari finalchisi. Ayni paytda professional boksda faoliyatini olib bormoqda. Agar bilsangiz, professional boks va havaskor boks o'rtasida farq katta. U erda 10-12 raundlik janglarga tayyorgarlik ko'riladi. Bu erda esa boshqacha tizim. Bobousmon Baturov ham ikkinchi darajadagi bokschi emas. U Osiyo o'yinlarida, Osiyo chempionatida g'olib chiqdi. Jahon chempionati sovrindori bo'ldi. 

Yanvar oyida SHahram G'iyosov va Bobousmon Baturov o'rtasida sparring tashkil etdik. Ushbu sparring-jangda hakamlar bir ovozdan Bobousmon Baturovning g'alabasini qayd etishdi. Yana bir marta aytaman. Ularning har ikkisi ham kuchli bokschilar. Ammo, biz yakunda Bobousmon Baturovni tanladik va u licenzion musobaqada Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 


-Elnur Abduraimov va Iqboljon Xoldorov o'rtasidagi qarama-qarshilik haqida nima deya olasiz?

-Iqbol yosh bokschi. Lekin ortiqcha vazn to'pladi va 70 kilogrammdan oshib ketdi. U avvaliga -69 kg vaznda SHahram G'iyosov va Bobousmon Baturovga raqobat qilmoqchi bo'ldi. Ammo ushbu vaznda shundoq ham raqobat kuchli edi. Unga "Istasang -63 kg vaznda o'z omadingni sinab ko'r" dedik. Sparring kuniga -63 kg emas, 65 kilogrammgacha vazn tashlashiga ham ruhsat berdik va u buni uddaladi. Ammo, unda ko'zi bilan bog'liq muammo bor edi. Yakunda o'zaro sparringda Elnur Abduraimov Xoldorovni mag'lub etdi.

Mavzu ochilgani uchun qo'shimcha qilib o'tishni istardim, Xoldorov musobaqadan qolib ketganidan so'ng terma jamoada andijonlik bokschilar yo'qligi haqida gap-so'zlar ko'payib ketdi. SHuni aytishni istardimki, men terma jamoaga sportchi jalb qilayotganimda uning qaysi hududdan ekanligiga qarab o'tirmayman. Kuchli, natija ko'rsatib bera oladigan bokschini nima uchun chetga surib qo'yishimiz kerak? Biz terma jamoalarga O'zbekiston chempionatida sovrinli o'rinlarni qo'lga kirita olgan bokschilarni jalb qilamiz. Avvallari Andijondan ko'plab bokschilar yig'inlarimizda qatnashishardi. Mana shunday kuchli boks maktabining bunday holatga tushib qolganiga mening ham jonim achiydi. O'z o'rnida sovrinli o'rinlarni egallab, terma jamoaga kira olmagan bokschilar o'z hisobidan bo'lsada, yig'inimizga kirishni istashadi. Men ularni haydab yubormayman. CHunki, ular orasida ham kuchli bokchsilar bo'ladi. Terma jamoa yig'inida qatnashgan bolaning saviyasi oshadi. Nima uchun Andijon bokschi tushib ketmoqda? CHunki hozirda u erda aniq bir tizim yo'q. Kuchli, xizmat ko'rsatgan murabbiylar etarli bo'lsada, nima uchundir viloyat boksi saviyasi tushib ketmoqda. O'z vaqtida Ruslan CHagaev, Muhammadqodir Abdullaev, O'tkirbek Haydarov kabi yulduzlar etishib chiqqan maskanning shunday holga tushib qolganidan afsusdaman.

Yana andijonlik bokschilar ichidan Hasanboy Do'smatov prof boksda faoliyat olib borishga qaror qildi. Jasurbek Latipov esa SHahobiddin Zoirovga raqobatda yutqazdi. 


-Sanjar Tursunovning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

-Sanjar o'z vazni uchun juda yosh bokschi hisoblanadi. Undagi kamchiliklarni o'zimiz ham bilamiz. U licenzion turnir vaqtida rejadan tashqari vaqtlarda ham vazn haydash uchun bizdan yashirib mashg'ulotlar o'tkazibdi. Bundan tashqari, u licenziya qo'lga kiritganidan so'ng biroz bo'shashgan. Biz bu masalaga qatiy qaraymiz va uning yanada kuchayishi uchun ishlaymiz. 


-Yaratib berilayotgan sharoitlar haqida nima deya olasiz?

-Xudoga shukr, sharoitlar masalasida barchasi alo darajada. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bunday etibor kishiga o'ziga yarasha masuliyat ham yuklaydi. Biz istagan barcha sharoitni, istalgan mamlakatda yig'in o'tkazish imkoniyatini yaratib berishmoqda. Ko'z tegmasin, bu borada muammo yo'q. SHuning uchun ham yurtimizda boks rivojlanmoqda, natijalar ham yaxshi ketmoqda. 

 


-Murabbiylar shtabida ish qanday tashkil etiladi? SHu haqida ham gapirib bera olasizmi?

-Murabbiylar bilan birga o'z rejamizni ishlab chiqqanmiz. Biz reja tuzamiz, maslahatlashamiz, kerak bo'lsa o'zaro bahslashamiz ham. Yakunda esa aniq bir qarorga kelamiz. Terma jamoamiz murabbiylari o'z ishlarini ajoyib bajarishadi. Janglar vaqtida etibor bersangiz, men bilan birga Rahmatjon Ro'zioxunov, shuningdek bokschining shaxsiy murabbiyi chiqadi. Ular o'zlariga biriktirilgan vazifani uddalashmoqda. 

Ish davomida avvalgi Olimpiya o'yinlarini tahlil qilib chiqaman. SHuni alohida takidlashni istardimki, oldingi Olimpiya o'yinlarida jamoalarimiz hozirgidan ham kuchli bo'lgan. Ajoyib bokschilar yig'ilgan. Ammo ishni tashkil etishda xatoliklar bo'lgan. Bokschilarga yuklama berishda ularning imkoniyatlari hisobga olinmagan. Boksda har qanday mayda omillar natijaga tasir ko'rsatadi. 


-Terma jamoadagi yordamchilaringiz haqida nima deya olasiz?

-O'zbekiston terma jamoasida menga Rahmatjon Ro'zioxunov va To'lqin Qilichevlar yordam berishmoqda. Jang davomida Rahmatjon bokschilarning ruxini ko'taradi, burchakda turib katta hajmdagi ishni bajaradi. To'lqin esa tashkiliy masalalarda faol. Ularning har ikkisin xizmatlarini alohida etirof etib o'tishni istardim. Ular ishni samarali tashkil etishda menga katta yordam berishadi. 


-Yaqin-yaqin vaqtlardan buyon yirik musobaqalarga bokschilarning shaxsiy murabbiylari ham olib borilmoqda. Bu natijalarga ijobiy tasirini ko'rsatmoqdami?

-Albatta. Aytib o'tganimdek jang vaqtida men va Rahmatjon Ro'ziohunov bilan birga bokschilarimizning shaxsiy murabbiylari ham burchakda turishadi. Musobaqa, o'quv-mashg'ulot yig'inlari davomida bosh murabbiydan tashqari bokschining shaxsiy murabbiy ham ishlaydi. Bu ularga psixologik tomondan foydali. Bunda bokschi o'zini erkin his qiladi. Yaxshi bilasiz, yoshligidan birga shug'ullanib yurganidan keyin murabbiy sportchi uchun otadek bo'lib qoladi. Buning uchun O'zbekiston boks federaciyasiga ham rahmat aytmoqchiman. CHunki, bunday yondoshuv yuksak natijalarda o'z samarasini bermoqda.


-Marat Galievich, vaqt ajratib suhbatlashganingiz uchun tashakkur. Terma jamoamizga oldinda turgan masuliyatli musobaqalarda omad tilaymiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

+2   
09 apr 19:45:18
Boks boks
Шахрам билан Ботуровнинг спаринг жанг видеосини хамма курдик Ботуров ютказган уни хамма курди билади факат шу кур мураббийлар курмабди Элнур нехуя Холдаровни юталмайди. 75 кг Исройл барса 81 Рузметов борадиган булма Бектемир нима булади яна Кличевнинг уйини утар эканда
+1   
09 apr 17:17:56
.Sherzod.
Agar bazi bir Mars quchqorovga o'xshaganla 1-2 ta chempion chiqarib qolgan yuzlan chempionlarni qurbon qilib faqat Andijonni boks gegemoniyasiga aylantirishga xarkat qilib umrini otqazgan murabbiydan kora shu murabbiylar 2000 yillarda xam terma jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borganida xozirda olimp va jaxon chempionlarimizga ega bogan bolerdik, raxmat shu insonlarga
   
11 apr 16:16:57
Laziz Shukurov
Зудлик билан, орка число билан шахрам пропипискани узгартириш керак.
   
11 apr 16:13:25
Laziz Shukurov
Шахрам пропискани узгартириши керак
   
11 apr 16:13:02
Laziz Shukurov
Шахрам пропискани узгартириши керак
   
10 apr 17:43:59
Neytral
Boks boks foydalanuvchining fikriga javob berish
Шахрам билан Ботуровнинг спаринг жанг видеосини хамма курдик Ботуров ютказган уни хамма курди билади факат шу кур мураббийлар курмабди Элнур нехуя Холдаровни юталмайди. 75 кг Исройл барса 81 Рузметов борадиган булма Бектемир нима булади яна Кличевнинг уйини утар эканда
))) zo'r gapla bo'pti
   
10 apr 03:31:38
SPRINTERshashist
Шахрамни Билан бобони жанги яширилди. Касални яширсанг дейишди. Уятее
   
09 apr 19:49:30
Boks boks
Миша бокс тушинмас икансиз видесини ташанг уртага Бобусманнинг канака бокс тушишини хамма курдик хурсандчиликта
   
09 apr 19:35:35
Misha mufc
Meni uzim ham shahram tomonidaman lekin sparingda bobousmon yutdi bu fakt
   
09 apr 19:29:30
Eldor.qarshi
Jasur latiopov ni jang olib borishi taktikasi xujumkorligi ancha kuchli
   
09 apr 19:28:51
Eldor.qarshi
Bobousmonni xalq kördiku qanday boks tushganini pala-partish nima qilayotganini özi bilmaydi Shaxram 100 marta kuchli undan . Iqbol xam kuchli bokschi Elnurga yutqazadi deb öylamiyman
   
09 apr 18:45:33
Elmurod
BoboUsmon bn Shahram di videosini chiqgan shundan hulasa qilinglar
   
09 apr 18:45:33
Elmurod
BoboUsmon bn Shahram di videosini chiqgan shundan hulasa qilinglar
   
09 apr 18:45:32
Elmurod
BoboUsmon bn Shahram di videosini chiqgan shundan hulasa qilinglar
   
09 apr 18:35:33
Фарходжон
У́рток Марат Курбонов!!!
Январь ойида Шаҳрам Ғиёсов ва Бобоусмон Батуров ўртасида спарринг ташкил этгансиз. Ушбу спарринг-жангда ҳакамлар бир овоздан Бобоусмон Батуровнинг ғалабасини қайд этишган бу́лса,нима сабабдан у́ша спаррингни телевидение оркали оммага намойиш этмайсизлар????
Нима сабаб??? Нимага халкдан яширасизлар???
Шахсан менга жуда шубхали туюллмокда...Афсуски бунакаси факат бизда содир бу́лади...Минг афсус...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing