So’nggi yangiliklar

18:44"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди 0 18:23Допинг туфайли ғалабасидан айрилган ва камига четлатилган қозоғистонлик UFC жангчиси баёнот билан чиқди 0 18:02Шоҳасан Мирзаматов мухлисларга мурожаат билан чиқди (ВИДЕО) 0 17:41Отабек Умаров: "Марафонда қатнашган ва уни юқори савияда ташкил этганларга раҳмат" 0 17:20Роналдиньо: "Ямал ақл бовар қилмайдиган ишларни бажаряпти” 0 16:59Осиё чемпионати. Боксчи-йигитларимиз Марказий Осиё дербиларида ғалаба қозонишди 0 16:38Бокс бўйича Ўзбекистон чемпиони Қозоғистон терма жамоаси сафида дебют қилди 0 16:17Рустам Ассакалов Осиёда 2025 йилнинг энг яхши юнон-рум кураши мураббийи деб топилди 0 15:56ПСЖ Мартинелли учун курашга қўшилди 0 15:35Марказий жанги Двалишвили - Сехудо бўлган RAF 8 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 15:14Шаҳрам Ғиёсов - Жек Кеттерол чемпионлик жанги учун расмий постер тақдим этилди + ФОТО 0 14:53Хабиб "Атлетико" - "Барселона" ўйинига ташриф буюрди ва мадридликлардан совға олди + ФОТО 0 14:32Суперлига 6-турида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди. "Нефтчи" - "Пахтакор" ўйинини ким бошқаради? 0 14:11Қизиқ! Дерек Чисора аниқ зарбалар сони бўйича Деонтей Уайлдерни ортда қолдирди 0 13:50VIII Тошкент халқаро марафони ўтказилмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

26 apr 17:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Intervyu. Muhammadqodir Abdullaev uchun eng qadrli sovrin, Migel Kottodan mag'lubiyat sababi va boshqa masalalar haqida

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati intervyular seriyasini davom ettiradi.

Bu sportchi minglab atletlar orzu qiladigan barcha natijalarga erishgan bokschilar sirasiga kiradi. Uning hisobida ko'plab g'labalar bor. Boks olamida o'z o'rni va mavqeiga ega bo'lgan charm qo'lqop ustasi. Yurtimiz sporti tarixida yozgi Olimpiada o'yinlarida ilk oltin medalni taqdim etgan sportchi - Muhammadqodir Abdullaev. 

Muhammadqodir Abdullaev - 1973 yilning 15 noyabrda Andijon shahrida tug'ilgan. 2000 yilgi Sidney Olimpiadasida oltin medal sohibi bo'lgan.

1999 yil Jahon chempionatida shoxsupaning yuqori pog'onasidan joy olgan. 1997 va 1999 yilgi Osiyo chempionatlari g'olibi.

1998 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi, 1998 yil Jahon kubogi sohibi, 1999 - 2000 yillari - Yilning eng yaxshi sportchisi.

"O'zbekiston iftixori", "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi", "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, "SHuxrat" medali bilan taqdirlangan.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati afsonaviy sportchimiz bilan intervyu uyushtirdi. 


-Muhammadqodir aka, bugungi kunda yuzaga kelgan koronavirus sabab karantin elon qilingan. SHu kunlarda nimalar bilan bandsiz?

-Karantin vaqtida uydaman. Bolalar bilan vaqt o'tkazyapman. Ularning o'qishini nazorat qilyapman. Bundan tashqari boks bilan ham shug'ullanyapmiz. Hullas, yuzaga kelgan bo'sh vaqtdan unumli foydalanmoqdaman. 


-Bugungi kunda qaerda va qanday lavozimda faoliyat olib bormoqdasiz?

-Hozirda O'zbekiston professional boks federaciyasida vice-prezident lavozimida ishlayapman. Bundan tashqari, Andijonda yosh bokschilarga sportning ushbu turidan saboq berib kelyapman. 


-Mamlakatimizda boksga qaratilayotgan etibor haqida nimalar deya olasiz?

-Yurtimizda nafaqat boks, balki boshqa sport turlariga ham yaxshigina etibor qaratilmoqda. Buning uchun muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. SHuningdek, O'zbekistonda boks rivojiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan sportsevar inson Saken aka Polatovga ham katta rahmat. Bir so'z bilan aytganda, O'zbekistonda sport rivoji uchun ajoyib imkoniyatlar yaratilgan. Sportchilarimizdan esa ajoyib natijalar ko'rsatish qoldi xolos. 


-Endi bokschilik faoliyatingiz haqida ham biroz eslasak. Siz uchun eng qadrli sovrin qaysi?

-Faoliyatim davomida ko'plab yutuqlarga erishganman. Jahon chempionati, Osiyo o'yinlari, Osiyo chempionatlari... Lekin men uchun eng qadrlisi 2000 yilgi Olimpiya o'yinlarida oltin medal qo'lga kiritganim va o'zbek sporti tarixiga kirganim. Bu orqali yozgi Olimpiadalarda oltin medalga sazovor bo'lgan ilk o'zbek sportchisi bo'lganman. Bundan faxrlanaman. 


-Faoliyatingizdagi eng qiyin jang sifatida qaysi bahsni ko'rsata olasiz?

-SHubhasiz 2000 yilgi Sidney Olimpiadasi finali. Hal qiluvchi bosqichga terma jamoamizdan faqatgina men etib keldim. Masuliyat va bosim yuqori edi. Oltin medal uchun kechgan jangda amerikalik Rikardo Uilyamsni mag'lubiyatga uchratib, terma jamoamizga oltin medal taqdim etgandim. 


-Professional ringda Migel Kottoga qarshi o'tkazilgan jang tarixi haqida eslasak...

-Exx... O'sha jang Andijon voqealari vaqtiga to'g'ri kelib qolgan. Vatanimga oltin kamarni olib kelaman deb, qattiq tayyorgarlik ko'rganman. Lekin, raqibimga etarli baho bermay ringga chiqqanman. SHuningdek, o'sha jang davomida burchakda shifokorim bo'lmagan. Buning oqibatida ko'zimdan jarohat olganman. O'sha payt sodda bo'lganman. Menejerlarimning gapiga kirmasligim kerak edi deb o'ylab qolaman. Bunday insonlar pul sabab yaqinlarini ham sotib yuborishadi. 


-Yosh bokschilarga qanday maslahat berasiz?

-Bugungi kunda sport bilan shug'ullanish uchun keng sharoitlar yaratilgan. SHunday ekan, yoshlarimiz bunday imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, mehnatdan qochmasdan, jon berib shug'ullanishlari lozim. Murabbiylarning topshiriqlarini bajarish kerak. Faqatgina mehnat orqali yuksak natijalarga erishish mumkin. 



-Karantin vaqtida shogirdlaringiz, sportchi va muxlislarga qanday maslahat berasiz?

-Barcha-barchaga karantin vaqtida uyda qolib, sport bilan shug'ullanishni, hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan qarorlarga amal qilishni maslahat beraman. Nasib qilsa yaqin orada bunday sinovli kunlar yakuniga etadi va biz yana odatdagidek hayot tarziga qaytamiz.


Muhammadqodir Abdullaevning professional boksda Migel Kottoga qarshi o'tkazgan tarixiy jangini tomosha qiling. .


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing