So’nggi yangiliklar

20:01Аспиналл янги жанг борасида музокара кетаётганини айтди 0 19:40"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби! 0 19:25Петр Ян Дейвисон Фигейредога қарши! UFC Макао турнирининг барча натижалари битта саҳифада! 0 19:19Петр Ян ва Дейвисон Фигейредо жанги тўлиқ давом этди 0 18:32UFC Макао. Co main event жанги тўлиқ давом этди 0 17:56Муслим Салиховнинг UFC Макао турниридаги жанги биринчи раунддаёқ якунланди 0 17:25Богдан Гусковнинг собиқ рақиби Волкан Оздемир UFC Макаода жанг қилди 0 17:09Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти" 0 16:30Эдди Хирн катта жанг ваъда қилди 0 15:58Адесанья фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 15:21Билол Муҳаммад: "Ян Фигерейдуни осонлик билан мағлуб этади" 0 15:00"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти 0 14:38Париж-2024 чемпиони проф боксга ўтишини эълон қилди 0 14:15Ҳумоюн Султонов Калабурагида бош соврин учун кортга чиқади 0 13:54Prezident Kubogi. Бугун 3-турда ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз 0

18 sen 12:36
Yangiliklar

Boks/MMA, Boshqalar

Intervyu. Murod Xonto'raev har oyda jang qilmoqchi, Emelyanenko bilan to'qnashuv va boshqalar haqida

Yurtimizda MMA yo'nalishi ham tobora rivojlanib bormoqda.


Bunga mazkur yo'nalishdagi sportchilarimizning ishtiroklari, o'ziga xos yutuqlari ham misol bo'la oladi. Hozirgi kunda, hamyurtlarimiz orasida ushbu sport turi borasida eng mashhuri shubxasiz Murod Xonto'raev desak mubolag'a bo'lmaydi. So'ngi  ikki oy davomida eng ko'p shov-shuvga sabab bo'lgan ham ayni shu sportchimiz bo'ldi. CHunki, uning Qozog'istondagi kutilmagan mag'lubiyati, ushbu jangdan so'ng qisqa fursatda yana bir jang o'tkazishi va undagi ajoyib g'alabasi haqida turli xil gap-so'zlar urchidi. Biz ushbu masala yuzasidan bog'lanib, o'tkazgan har ikki jangi va rejalari borasida suxbat uyushtirdik.

-Murod qisqa muddatda ikkita jang o'tkazdingiz. Umuman ikkinchi jangni o'tkazish fikri, taklifi kimdan chiqdi? Balki sizni mag'lubiyatdan keyingi xolatingizdan raqib tomon foydalanmoqchi bo'lgandir?
-Bu fikr shaxsan o'zimdan chiqqan edi. SHuning uchun, raqib tomon haqida gap-so'z ham bo'lishi mumkin emas. Qozog'istondagi jangdan so'ng, murabbiyim bilan maslaxatlashib, yaqin orada o'tkaziladigan eng katta musobaqada ishtirok etishni rejaga kiritgan edik. Aslida, raqibim uch karra kikboksing bo'yicha jahon chempioni Qayrat Erbo'latov bo'lishi kerak edi. Uning biroz betobligi bois, jang 6 oktyabrga qoldirildi va o'rniga Xasikov bilan jang olib bordim. Bu janga qadar bo'lgan Procenkoga uchralgan mag'lubiyatga keladigan bo'lsak, avvalo bu sport shunday ekan bunday natijalar bo'lib turishi mumkin. Lekin buning ham o'ziga yarasha sir-asrori bo'ladi. Jangdan bir kun avval, issig'im 39 ga chiqib ketdi. Dori-darmon, ukol qilib, janga qadar tiklanishga ulgurdim. Lekin kuch-quvvatimni baribir mukammal ko'rinishda emasdi. Bu bilan o'zimni oqlamoqchi emasman. Yutqazdimmi, demak tan olish kerak. Bu fikrlarni ilgari surganimga sabab, o'sha kuni imkoniyatim darajasida jang olib bora olmaganligimni izoxlamoqchiman xolos!


-Xasikov bilan vazn o'lchash marosimidagi o'zini tutishi, sizga nisbatan qilgan xurmatsizligi, umuman olganda Pavel Levko bilan ham shunday xolat kuzatilgan edi. Bu kabi jarayonlar sizga adrenalin bo'ladimi, chunki, har ikkisini ham juda qisqa vaqtda taslim etgandingiz?
-Endi bu kabi unchalik nom qozonmagan sportchilar jangdan avval xurmacha qiliqlar ko'rsatib, o'zini imidjini ko'tarishga harakat qilishadi. Muxlislar etiboriga tushishni maqsad qilishadi. Vaxolanki, jangdagi mag'lubiyati,  chetdan kuzatganlarni kulgusiga sabab bo'ladi. Agar, to'polon qilmasdan xurmat bilan yondoshsa janga mag'lubiyati ham tabiiydek ko'rinadi. Avvaldan o'zini ko'rsatib, nimalardir qilishga urinsa, mag'lubiyatidan keyin, har bir muxlisni og'zidan uchadigan birinchi jumla, “boring shu ekan, nega chiranasan” bo'lishi aniq to'g'rimi? SHunday ekan bunday xolatlarga jiddiy qaramayman. Kim bo'lishidan, nima qilishidan qatiy nazar raqiblarimni xurmat qilgan holda, ringda, oktagonda o'z ishimni qilishga harakat qilaman.


-Procenko bilan bo'lgan jangda murabbiyingiz Nodir Qodirovni yo'qligi ham mag'lubitga sabab bo'ldi deb ayta olasizmi?
-Qaysidir manoda to'g'ri deb ayta olaman. CHunki, jang mobaynida tegishli ko'rsatmalarni olishga harakat qilardim. Lekin yuqorida ham aytib o'tdim, mag'lubiyatni xech narsa bilan oqlamoqchi emasman!


-Aslida sizni Mixtibek Mamasoliev bilan jang o'tkazadi degan mish-mishlar, promo roliklar chiqib ketdi. Bu borada qanday fikr bildira olasiz?
-Bilasizmi, bu jangchi markaziy Osiyo miqiyosida o'z o'rniga ega, nomdor sportchi. Barchasiga o'zining harakati, mexnati orqali erishgan. U bilan juda qadrdonmiz. Oxirgi jangimda ham etibor bergan bo'lsanglar, birinchi bo'lib, oktagonga tushib tabrikladi. Qachonki, u bilan jang qilishga to'g'ri kelsa, o'sha vaqtda biz raqib bo'lishimiz mumkin. Jangdan so'ng, yana do'stlarga aylanamiz. SHaxsan men shunday o'ylayman.



-Aleksandr Emelyanenko, bilan yakunlanmay qolgan muzokaralarni davom ettirish imkoni mavjudmi, yoki endi u rejangizdan o'rin olmaganmi?
-Ustozim Nodir aka Qodirov boshchiligida sport formam mukammal darajaga chiqqan vaqti juda ko'p muzokaralar olib bordik. Avvalgi intervyumda ham aytib o'tganman uning qamoqqa olinishi natijasida bu jang bo'lmagan edi. Hozir bir nima deb ayta olmayman. Lekin muxlislarni ishontirib ayta olamanki, Aleksandr Emelyanenko, Kenni Garner kabi nomdor sportchilar bilan albatta uchrashaman.


-Mana necha yildirki, MMA dasiz tajribali sportchi sifatida,  porlab chiqayotgan yoshlarimiz, Nursulton Ro'ziboev, Maxmud Murodov, Anvar Boynazarovlarni saloxiyatini qanday baxolaysiz va ularga qanday maslaxatlar bergan bo'lardingiz?
-Balki kulguli tuyular lekin mazkur sportchi ukalarimzning bazi birlari mendan ko'p jang o'tkazishgan. Menga nisbatan yaxshi natijalarni qayd etishgan. Buni tan olish kerak. Lekin shuni qo'shimcha qilib qo'ymoqchimanki, men to'qnash kelgan jahonning kuchli sportchilari Konstantin Eroxin, Evgeniy Eroxin, Muxammad Ashub darajasidagi raqiblar bilan xali to'qnash kelishmadi. Bunday raqiblar bilan uchrashishsin, ulardan kuchlilari bilan to'qnash kelishsin va g'alaba qozonishsin. Men bunga tilakdoshman. Anvar, Nursulton, Maxmud yuqori saviyadagi jangchilar yaqin vaqtlar orasida ularni ulkan natijalar qayd etishiga shubxa yo'q. Maxmud Murodov Bellator bilan shartnoma imzolayotganini eshitdim. Unga omad yor bo'lsin! Umuman vatanimiz shanini himoya qilayotgan har bir sportchimizni yaratganni o'zi qo'llasin!


-Asosan, Qozog'iston, Qirg'iziston va Rossiyada janglar olib borayapsiz, balki endi jiddiy qadam tashlash va  Bellator va UFC lar haqida o'ylash vaqti kelgandir?
-Bilasizmi, MDH mamlakatlari orasida MMAni poytaxti avval Qozog'iston bo'lsa, yaqin ikki yil mobaynida bu maqom Qirg'izistonga ko'chdi. Darxaqiqat, mazkur mamlakatlar yuqori saviyadagi musobaqalarni tashkil qilishayapti. Biz bunday janglarda ishtirok etishni xursandchilik bilan qabul qilib kelganmiz. Endi bilasizmi, UFC, Bellator bu borasida hozir bir nima deya olmayman. WFC, VEF, Fingt-Ningt yo'nalishlarida esa, agar jarohatlar bezovta qilmasa, har oyda bittadan jang qilishni maqsad qilganman.

-Balki o'sha faoliyatingizdagi ikki mag'lubiyat sababchilari, SHvelidze va Procenko bilan revansh janglarini tashkil qilarsiz?
- Procenkoga jangdan so'ng, ikki xafta yoki 10 kundan keyin revansh o'tkazish taklifini aytganman. Lekin murabbiylari va promouterlari rad javobini berishdi. SHvelidzega esa bir necha marotaba taklif qilganman. Lekin har doim bunga rozi bo'lmagan. SHvelidze bilan bo'lgan jangni o'zinglar guvoxi bo'lgansizlar menga biror marta ham zarba bera olmagan edi. Agar, o'zimning noqulay harakatim tufayli jarohat olmaganimda bu jangni yutishim 100% aniq edi.

-Sizning vazningizda hamyurtlarimiz Aleksandr Stolyarov, Azamat Bahodurzoda, Amin Ergashev, (Yusuf Ibragimov muaytayni prof yo'nalishida faoliyat olib boradi).  Ushbu sportchilar bilan bevosita biror-bir musobaqada duch kelganmisiz, Umuman munosabatingiz qanday ularning faoliyatiga?
- Albatta, Stolyarov, Amin Ergashev, Yusuf Ibragimov yaqin do'stlarim bo'ladi. Azamat Bahodurzoda ukamiz. Ularning bazi birlari bilan havaskor sportda duch kelganmiz. Bazan meni qo'lim baland kelgan bazida ular zafar quchishgan. Bir so'z bilan aytganda yurtimiz bahodirlari deganda shu yigitlar ko'z oldimga keladi. Albatta bu sportchilarimizga ham omad tilayman!


-Umuman MMA yo'nalishi jangchilarining aksariyati kino olamida ham faoliyat yuritadi. Bunga ko'plab misollar keltirish mumkin. Murod Xonto'raev ham qachondir o'zbek jangari kinolarida suratga tushishi mumkinmi?
- Bu borada bir nima deyishim qiyin. Faoliyatimni yakunlaganda balki bu bilan qiziqib ko'rarman.


- Endi mazkur yo'nalishga kirib kelayotgan yoshlarga aytar so'zingiz...?
- Aynan men kutgan savol shu edi. Yoshlarimiz shuni tushunishga harakat qilishsin. Xech qachon, murabbiyni norizo qilib, biror bir natijani qayd eta olmaydi. Nafaqat murabbiyi promouteri bir so'z bilan aytganda jamoasiga qarshi borib, faqatgina o'ziga zarar qiladi. “Daraxt bir joyda ko'karadi” degan naql borku xalqimizda. SHunday ekan, turli vadalarga uchmasdan u uchun jon kuydiradigan insonlar bilan hamkorlik qilishsin!


Ahmad Eshmatov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

   
18 sen 12:53:26
SPRINTERshashist
Мурод зўр жангчи. Фақат шу семириб кетибди дихалкасини очиб олса яхши бўларди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing