So’nggi yangiliklar

14:55Валерий Кечинов: "Жаҳон чемпионатида Ўзбекистонга қарши ўйнаш ҳеч кимга, ҳатто Португалияга ҳам осон бўлмайди" 0 14:34Маҳмуд Мурадов ўзининг янги Лигасига асос солди 0 14:13Камшибек Конкабаев проф фаолиятини янги босқичга кўтариш учун Лондонга келди (ФОТО) 0 13:52“Янги Ўзбекистон талабалар Олимпиадаси”га старт берилди 0 13:31Расман: Хосе Мария Мендес Ўзбекистон футзал МТЖ устози сифатида таништирилди 0 13:10Хоккей терма жамоамиз Жаҳон чемпионатида иштирок этиш учун Шенчженга йўл олди (ВИДЕО) 0 12:59Grenke Chess Festival 2026. Абдусатторов ва Якуббоев пешқадамлар сафида. Бугун Нодирбек Магнус Карлсен билан ўйнайди 0 12:38Царукян Чимаевнинг ғалабаси учун миллион доллар тикмоқчи 0 12:17Неймар узоқ муддатга четлатилиши мумкин 0 11:56UFC 329 турнири Халқаро жанглар ҳафталигининг асосий воқеаси бўлади 0 11:35Япония дзюдо терма жамоаси Жаҳон чемпионати учун якуний таркибини мусобақа стартидан олти ой олдин эълон қилди 0 11:14Боксчиларимиз Туркиядаги нуфузли турнирда биринчи бўлишди 0 10:53"Манчестер Сити" ва "Барселона" ўзаро футболчи алмашиши мумкин 0 10:32Бугун юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатидаги иштирокини бошлайди (Жуфтликлар) 0 10:11"Номзодлар турнири". Синдаров тарихий натижа билан биринчи даврани якунлади 0

14 jan 17:08
Yangiliklar

Boks/MMA

Intervyu. Qudratillo Abduqahhorov chempionlik jangi, havaskor bokschilarimiz, piar va boshqa masalalar haqida (to'liq matnli)

O'zbekistonlik professional bokschilar ichida eng yuqori reytingga ega Qudratillo Abduqahhorov www.olamsport.com saytiga intervyu berdi.

Intervyu videosini USHBU SAHIFAda tomosha qiling.


-Ayni paytda yurtimizda mashg'ulotlar olib bormoqdasiz. Bu jarayon qanday davom etmoqda?

-CHempionlik jangiga o'z yurtimizda, Toshkentda tayyorgarlik ko'ryapman. Hozircha asosan kuchga ishlayapman. Nasib qilsa 22 fevralda jang o'tkazmoqchiman. Bu rasman aniq bo'lsa, AQSHga jo'nab ketaman va o'sha erda tayyorgarlikni davom ettiraman. 


-Tarqalgan malumotlarga ko'ra, rossiyalik Sergey Lipenecga qarshi jang qilishingiz mumkin. Bu malumot qaerdan paydo bo'ldi? CHunki, siz shundoq ham IBF kamari uchun Errol Spensga qarshi jang qilishingiz lozim edi. CHunki, reytingda birinchi o'rindasiz. 

-Darhaqiqat, ayni paytda reytingda birinchi o'rinni egallab turibman. CHunki, yaponiyalik Keyta Obara bilan jang qilganimdan so'ng, g'olib bokschi IBF kamari uchun ringga ko'tarilishi lozim edi. Ammo, u orada vaqtni cho'zib yurdi. Keyin avtofalokatga uchradi. Hozir ham uning qachon ringga qaytishi aniq emas. Ungacha rossiyalik Sergey Lipenec bilan vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilishimiz mumkin. Ushbu jangda kim yutsa, Errol Spens bilan jang qiladi. 


-Demak, "Top Rank" ushbu jang uchun harakat qiladi. Siz ushbu kompaniya bilan uchta jang uchun shartnoma imzolagandingiz. Obara, Kollazo va uchinchi chempionlik jangi uchun. Tabiiyki, ushbu holatda "Top Rank" ham jangni tashkil etish uchun harakat qiladi. Bu borada ular bilan gaplashdingizmi?

-Ular bilan to'g'ridan-to'g'ri murabbiyim va menejerim gaplashadi. Jang baribir o'tkaziladi. 


-Lipenec haqida malumotga egamisiz? Uni janglarini kuzatib borganmisiz?

-U haqida ko'p malumotga ega emasman. Ammo, promouterlar u bilan jang qilishim ehtimoli borligini aytishgani uchun harakatlarini kuzatib chiqdim. Jang aniq o'tkaziladigan bo'lsa, uni chuqurroq o'rganamiz. U bungacha bir marotaba mag'lub bo'lgan - Miki Garsiyaga. Nokautchi ekan. Ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarga ham ko'zim tushdi: "Agar jang 12 raund davom etadigan bo'lsa unda Abduqahhorov g'alaba qozonadi" deyishmoqda. Lekin, baribir barchasini ring ko'rsatadi. SHuning uchun, jangga yaxshi tayyorgarlik ko'rish lozim. Nasib qilsa, jangim Fyuri - Uaylder jangi andekartida bo'lib o'tadi. 

-Fyuri-Uaylder jangidan nima kutmoqdasiz?

-Birinchi jangda odamlarni qiziqishini yanada oshirish, bundanda yirikroq shou tashkil qilish uchun durang qayd etishdi deb o'yladim. Amerikada, umuman professional boksda pul asosiy masala hisoblanadi. Kimga muxlislik qilaman? Og'ir vazn toifasidagi janglarga u qadar qiziqmayman, muxlislik qiladigan bokschim ham yo'q.


-Hamyurtimiz, superog'ir vazn toifasi bokschisi Bahodir Jalolov haqida ham iliq fikrlar bildirishmoqda. 

-Ha, u bilan birga o'qiganmiz, yaqinmiz. Olimpiadadan keyin nasib qilsa u asosiy etiborini professional boksga qaratadi va chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. Ana o'shandan so'ng nasib qilsa, ushbu vaznda Bahodirga muxlislik qilamiz. 


-Do'stingiz Azizbek Abdug'ofurovning faoliyatida qanday yangiliklar bor?

-Azizbek Abdug'ofurov bilan menejerimiz bitta bo'lsada, promouterlarimiz boshqa-boshqa. Men "Top Rank" bilan shartnoma qilgan bo'lsam, u Angliya kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan. Lekin, nima uchundir unga jang tashkil qilib bera olishmayapti. U WBC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Ushbu yo'nalishda chempionlik jangida ringga ko'tarilishi lozim edi. U o'sha kompaniya bilan beshta jangga shartnoma tuzgan. Oldinda WBC Silver kamarini himoya qilishi lozim. SHundan so'ng u chempionlik jangini o'tkazadi.


-Havaskor boks haqida savol. Yaqinda Xitoyda Tokio Olimpiadasiga licenziya beruvchi musobaqa o'tkaziladi. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda -69 kg vazn toifasida musobaqaga kim borishi haqida qizg'in muhokamalar bo'lib o'tmoqda. SHahram G'iyosov va Bobousmon Baturov. Siz ushbu raqobat haqida qanday fikrdasiz?

-To'g'risi, o'zim ham bunga juda qiziqyapman. Musobaqa oldidan sparring bo'lar ekan. Nasib qilsa, agar o'sha payt Toshkentda bo'lsa o'sha jangni tomosha qilmoqchiman. Jang haqida oldindan biror nima deya olmayman. CHunki, SHahram ham, Bobousmon ham oddiy yigitlar emas. Har ikkisi ham o'ziga yarasha mehnatkash, kuchli bokschilardir. Nima bo'lishini ring ko'rsatadi. 

Jang olib borish uslubi bo'yicha SHahram nisbatan tajribaga ega. Lekin, u Bobousmon bilan jang qilganida qiynaladi deb eshitganman. Bobousmon raqiblar uchun noqulay raqib. Kim yutishidan qati nazar Olimpiadaga licenziya olsin va Tokiodan medal bilan qaytsin. 


-Elnur Abduraimov va Iqboljon Xoldorov haqidachi?

-Har ikkisi ham kuchli bokschilar. Elnur bilan birga o'qiganmiz. Iqboljon Xoldorov bilan o'z vaqtida O'zbekiston chempionatida jang qilganman va yutqazib qo'yganman. Ularning ikkisi ham kuchli bokschilardir. 


-O'sha jangda haqiqatdan ham mag'lub bo'lganmisiz?

-Boksda kimning qo'li baland ko'tarilsa, o'sha g'olib hisoblanadi. 


-Agar janglaringiz 15 tadan oshmaganida sizda ham Olimpiada uchun kurashish imkoniyati bo'lar edi. Yoki siz butunlay professional boksni tanlagan bo'larmidingiz?

-Men havaskorni tashlab, professional boksni tanlaganman. CHunki, havaskorda yaxshi natijalar qayd eta olmaganman, uslubim to'g'ri kelmagan. Baribir qaytmagan bo'lardim. 


-Qudratillo Abduqahhorov o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ichida reytingi eng baland bokschi hisoblanadi. Lekin, nima uchundir eng mashhuri emas. Piarga alohida etibor qaratish vaqti kelmadimikin?

-Bu borada harakat bor (kuladi). Bunday narsalarga qiziqmasdim. Instagramda faollikni oshirmoqdamiz. Xudo xohlasa, chempionlik kamarini yutib kelsam taniy boshlashadi deb o'ylayman. 


 -Suhbatingiz uchun tashakkur. Oldinda turgan janglarda omad. 

-Rahmat. Nasib qilsa, shu kunlarda chempionlik jangim belgilanadi. SHu kungacha muxlislarimiz qo'llab-quvvatlab kelishmoqda. Xudo xohlasa, kamarni vatanimizga olib kelamiz. Qo'llab-quvvatlashda davom etinglar. 

Reyting:    

Fikrlar

+1   
14 jan 17:32:35
Сурхон Барлос
Оддийлик инсонни безаги....қандингни урр
   
15 jan 09:36:21
Xusniddin94724
Assalomu aleykum Olamsport sayti hodimlari sizlardan iltimos Shahram Giyosov va Bobousmon Boturov sparing janggi tv kanlarda beradimi ma'lumot beringlar!!!
   
14 jan 20:44:52
Jalol Axmedov
Azizbek Angliyaning Queensberry promotion bilan shartnoma imzolagan. Bu ancha katta va mashhur promoutorlik kompaniyasi shu bilan birga Abdulhay Shorahmatov shu kompaniya mijozi
   
14 jan 19:50:33
CHELSEA2211
Omadingdi bersin...
   
14 jan 17:42:25
Мужибиллох Турсунов
ОЛЛОХ омадизи берсин акажон
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing