So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

10 may 18:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Intervyu. SHahobiddin Zoirov yana bir Olimpiada chempionligi, qiyin raqib va boshqalar haqida

Hozirda Buxoro boks maktabi ham o'zining nufuzi va salohiyatli sportchilari bilan Respublikaning oldi viloyatlari qatorida bormoqda.

SHahardan bir nechta jahon chempionlari, olimpiya o'yinlari chempioni va sovrindorlari borligi insonga g'urur bahsh etadi. Biz ham bugun Buxoro boksining yorqin namoyondalaridan biri – SHahobiddin Zoirov bilan qisqa suxbat qurdik. 

SHahobiddin 2016 yilda Braziliyaning Rio-de-Jeneyro shahrida bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarining chempionidir. 

- Nima uchun aynan sportning boks turi?  Kimdir sababchi bo'lganmi yoki bir nechta sport turi bilan shug'ullanib, keyinchalik boksda to'xtaganmisiz?

- Boks bilan shug'ullanish boshqa sport turlariga qaraganda qiyinroq deb o'ylayman. Oilada yagona farzandman. Ikkinchi sinfdan boks bilan shug'ullana boshlaganman. Avvalo, bunga o'zim qiziqqanman. Qolaversa, o'rtoqlarim ham shu sport turi bilan shug'ullanishardi.


- Ilk qo'lga kiritgan muvaffaqiyatingizni eslay olasizmi? O'sha payt qanday hislar kechgan qalbingizdan?

- Baxtli sportchiman. Faoliyatim davomida Olimpiada chempioni bo'lgan kunimni aslo unuta olmayman. Bu har bir sportchining orzusi. Ana shu orzu ushalishi uchun esa tinmay mehnat qilish kerak. Ilk g'alabam maktabning ikkinchi-uchinchi sinfida o'qib yurgan paytlarimga to'g'ri keladi. Yodimda, o'shanda 24 kilogramm vaznda edim. Meni birinchi bo'lib onam tabriklaganlar. Asta -sekin shu sport turi bo'yicha o'tgan ko'plab musobaqalarning tuman, viloyat va respublika bosqichlarida chempion bo'la boshladim.


- Jangdagi eng katta yutug'ingiz va professional boks haqida...

- Eng katta yutug'im 2016 yil Braziliyaning Rio-de-Jeneyro shahrida Olimpiada chempioni bo'lganimdir. Havaskor boksda -57 kg vaznda, professionalda esa -55,3 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etayapman. Professional boksga o'tganimga deyarli 2 oy bo'ldi. Hozirga qadar Dubayda bitta jang o'tkazib, unda raqibimni 18 sekunddayoq nokautga tushirdim.


- Sizning shu kunga qadar jang qilgan raqiblaringiz ichida eng kuchlisi deb kimni ayta olasiz? Kimga qarshi jang qilish qiyin kechgan?

- Rossiyalik bokschi Misha Aloyan eng noqulay raqibim bo'lgan. U ham menga o'xshab chapaqay edi. Janglarim ichida aynan u bilan kechgani ko'proq xotiramda qolsa kerak.  

- Qaysi bokschilarga havas kilasiz?

- Men Abbos Atoevga havas qilaman. U nafaqat sportda zo'r bokschi, shu bilan birga hayotda ham kamtarin inson. Bazi sportchilar chet el bokschilariga havas qiladi. Yo'q! Menga esa o'zimizning hamshaharimiz Abbos Atoevnining uslublari yoqadi. Ularni ko'proq o'zimda qo'llashga xarakat qilaman. Bu bokschiga xurmatim baland.


- Kelgusida biz SHahobiddin Zoirovni Buxoro boks maktablarining asoschisi sifatida ko'ra olamizmi?

- Nasib etsa albatta. Buni qaysi sportchi xohlamaydi deysiz. Ayniqsa hozirda o'zbek boks maktabi dunyoda etakchi o'rinda turadi. Bunga shubha yo'q. Avvallari kubalik bokschilar dunyoda eng mashhur hisoblanishardi. Bugun esa biz ulardan aslo kam emasmiz. Buni erishilayotgan natijalar misolida ham aytish mumkin. Asosiy sababi yurtimizda sportga qaratilayotgan etiborda deb o'ylayman. Davlat tomonidan yaratib berilgan shart-sharoitlar alo darajada. Bundan to'g'ri foydalanish esa bizning kelajagimiz uchun muxim turtkidir.   


- Ustozlaringiz xaqida nimalar deya olasiz?

- Oddiygina niholga ham ishlov, mehr kerak. Ana shunday bizning chempion bo'lishimizda ham murabbiylarning o'rni bo'lakcha, albattta. Buni etirof etish burchim. Ko'proq vaqtim oilamdan ko'ra, ustozim bilan o'tadi. Og'ir damlarda menga dalda bo'lib turgan, o'zimdagi ishonchni qayta mustaxkamlashimga yordamini ayamagan ustozlar va yaqinlarimga mexrim va hurmatim cheksiz. SHu  o'rinda barchalariga raxmat.  


- Boksdagi rejalaringiz xaqida?

- Rejalarimdan biri yana bir bor Olimpiada chempioni bo'lish. Bunga albatta erishaman, nazarimda. Qolaversa, ko'plab kamarlar sohibi bo'lishni ham ko'nglimga tugib qo'yganman.

- Boks siz uchun... 

- Boks - men uchun hayot. Hayotimni boks sport turisiz tasavvur qilolmayman. Menga qiyin bo'lganda ham ortga chekinmaganman. Malum vaqtdagi uzilishdan so'ng men yana boksga qaytdim. Hali meni oldinda ko'p marralar, tinimsiz mehnat kutmoqda. Maqsadimga erishmaguncha xarakatdan to'xtamayman. 


Suhbatni Buxoro viloyati JTSB matbuot xizmati - Gulmira GULYAMOVA yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

   
10 may 21:20:21
Бахтиёр Чориев
Шахобиддин Зоиров, Шахрам Гиёсов, Аббос Атоев, Наримон Атоев, Профсор Роримша булар хаммаси Бухоро боксчилари.
Музаффар Ражабов, Махмуд Муродов Бухоролик ММА юлдузлари.
Ихтиёр Наврузов, Ришод Собиров, Оксана Чусовитина бошка спорт тури юлдузлари, булар хам Бухоролик.
Бухоро спортчилари Узбекистонда энг олдинги уринларда хамиша
   
10 may 18:23:23
Dilshot Solihov
Bu vazinda bizdan istedotla qaynab chiqoyatkanini xisoblasak endi alimpiyada chimpiyoni bo'lish uyoqta tursin manimcha boromasaxam kerak.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing