04 apr 18:14
Yangiliklar
Futbol
Inzagi "Inter"ning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etdi
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi "Yuventus" (1:0)ga qarshi A Seriya 31-tur doirasidagi o'yindan so'ng klubning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etganini tan oldi.
"Menda ikki yillik shartnoma bor. Klub menga uni uzaytirishni taklif etdi, ammo men mavsum so'nggiga qadar kutishni so'radim. Nazarimda, shartnoma hozirda juda ham muhim emas.
Men klub, o'yinchilar va muxlislar tomonidan qo'llab-quvvatlashni his qilmoqdaman", - deydi Inzagi.
"Inter" ayni damda Italiya chempionatida 63 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda, etakchi "Milan" 66 ochkoga ega.
Havola :
Manba : DAZN
Fikrlar