02 sen 20:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Irji Proxazka yangi chaqiriqni qabul qildi: "Tayyorgarlik boshlandi"
UFC`ning yarim og'ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Irji Proxazka o'zining navbatdagi raqibi masalasi hal bo'lgani haqidagi malumotni bilvosita tasdiqladi.
"Ular bog'langan so'nggi davogarlarning hech biri jang qilishni istamayapti. SHunday ekan, keling, oldinga qarab, yangi chaqiriqni qabul qilamiz. Yangiliklarni kuzatib boring. Haqiqiy ishga qaytganimdan xursandman. Tayyorgarlik boshlandi", — deb yozdi chexiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq, Irji Proxazka va mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan yangi zelandiyalik Navaxo Stirling o'rtasida 21 noyabr kuni Qatarda bo'lib o'tadigan UFC turniri doirasida jang tashkil etilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
SHu bilan birga, Proxazkaning vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilishi haqidagi insaydni chexiyalik jangchining o'zi rad etdi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar