13 iyu 23:30
Yangiliklar

Irlandiya va SHveciya murosa ko'chasini tanlashdi
“E” guruhidan o'rin olgan uchrashuvda Irlandiya va SHveciya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.
Parij shahridagi muhtasham “Stad de Frans” stadionida bo'lib o'tgan o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Avvaliga Xulaxan chiroyli tarzda gol kiritib, irlandlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 71-daqiqada esa Klark kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.
Evro-2016. “E” guruhi, 1-tur.
IRLANDIYA – SHVECIYA 1:1
“Stad de Frans” stadioni
Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya)
Gollar: Xulaxan (47), Klark (71-o'z darvozasiga)
Irlandiya – Rendolf, Klark, O′SHi, Koulmen, Makkarti (Makgidi, 85), Breydi, Xulaxan (Kin, 78), Uelan, Xendrik, Long, Uolters (Makkleyn, 64).
SHveciya – Isaksson, Lindelef, Olsson, Lyustig (Yuxansson, 45), Grankvist, Larsson, Levicki (Ekdal, 86), CHelstrem, Forsberg, Berg (Gvidetti, 59), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Makkarti (43), Lindelef (61), Uelan (77).
Fikrlar