So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

21 may 15:58
Yangiliklar

Xokkey

Ishchi guruh Andijondagi chim ustida hokkey bo'yicha asosiy bazaning bugungi holati bilan tanishdi

Jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sir emaski, oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitaciyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyatida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, bu borada hududlardagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va pandemiya munosabati bilan ish jarayonlarini tashkil etishda uslubiy yordam ko'rsatish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh viloyatda o'z ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Kecha ishchi guruh tomonidan kunning ikkinchi yarmida Andijon shahri bo'ylab jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan ishlar va sport maktablarida shug'ullanayotgan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ulardan sport turlari bo'yicha hududiy terma jamoalarni shakllantirish bo'yicha qilingan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Ishchi guruh vakillari, jumladan, Andijon shahar sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida bo'lishib, unga qarashli “Barkamol avlod” sport majmuasining bugungi holatini o'rganishdi.

Ushbu sport majmuasida chim ustida hokkey bo'yicha jahon standartlariga to'la javob beruvchi Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan stadion mavjud bo'lib, bu er ushbu sport turi bo'yicha shug'ullanayotgan yoshlar va O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun asosiy baza hisoblanadi.

O'n mingga yaqin tomoshabinga mo'ljallangan zamonaviy ko'rinishdagi ushbu stadionda chim ustida hokkeyni rivojlantirishda zarur bo'lgan barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.

SHuningdek, ishchi guruh va viloyat sporti mutasaddilari shaharning ommaviy sport turlariga ixtisoslashuvi hamda mahalliy aholi va yoshlarni sportga keng jalb qilgan holda aholi salomatligi darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama etishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing