19 avg 09:40
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Isinbaeva Xalqaro olimpiya qo'mitasi azoligiga saylandi
Langarcho'pga tayanib sakrash bo'yicha ikki karra Olimpiada chempioni Elena Isinbaeva Xalqaro olimpiya qo'mitasining sportchilar komissiyasiga azo etib saylandi.
Komissiyadagi mavjud to'rtta o'ringa 23 nafar sportchi davogarlik qildi. Isinbaeva saylovda 1365ta ovoz to'pladi. Rossiyalik yulduzdan tashqari germaniyalik qilichboz qiz Britta Xaydemann (1603 ovoz), stol tennisi bo'yicha Janubiy Koreya terma jamoasi azosi Ryu Sin Min (1544) hamda vengriyalik suzuvchi Daniel Dyurta (1469) komissiyaning yangi azolari etib saylanishdi.
“Olimpiya harakatini yanada rivojlantirishga o'z xissamni qo'shaman. Rossiya va Xalqaro olimpiya qo'mitasi o'rtasida munosib ko'rik bo'lishga harakat qilaman”, – dedi Esinbaeva.
Eslatib o'tamiz, Elena Isinbaeva doping mojarosi sababli barcha rossiyalik engil atletikachilar qatori Rio Olimpiadasida ishtirok etmadi.
Havola :
Fikrlar