25 okt 08:48
Yangiliklar
Futbol

Iskanderov 600 kundan so'ng yana gol urdi
Kecha Superliganing 27-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda mehmonlar safida Jamshid Iskanderov o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ydi. SHu tariqa, yarim himoyachi bu mavsumdagi birinchi golini urdi.
So'nggi bor Iskanderov O'zbekiston chempionatida 2017 yil 3 mart kuni raqib darvozasiga gol urgandi. O'tgan mavsumning 1-turida Jamshid "Qizilqum" bilan uchrashuvda dubl qayd etganidan so'ng umuman gol urmadi. Oradan 600 kun (yoki 1 yil 7 oy 21 kun) o'tgach yana to'p kiritishning uddasidan chiqdi.
Malumot uchun, Jamshid Iskanderov bu mavsumda hech bir uchrashuvda to'liq harakat qilgani yo'q.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar