01 noy 18:09
Yangiliklar
Futbol
Isko London klubiga o'tishi mumkin
Madridning "Real" jamoasi xavbeki Isko "Arsenal" o'yinchisiga aylanishi mumkin.
27 yoshli ispaniyalik o'yinchi "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning rejalariga kirmayapti. SHu sababli Isko jamoadan ketishga qattiq bel bog'lagan. Buning sababi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish bilan bog'liq.
Xabar qilinishicha, futbolchini "Arsenal" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ammo, bu transfer Mesut O'zilning jamoadan ketganidan so'ng sodir bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Real" Iskoni 70 million evroga sotishga tayyor.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar