08 jan 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev: "Biz Xabib bilan 2000 dan ortiq raund o'tkazdik"
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachev shu vaznning sobiq chempioni, jamoadoshi Xabib Nurmagomedov bilan munosabati haqida gapirdi.
"Bu yigit menga qanday mashg'ulot o'tkazishim, qanday yashashim va nima qilishim kerakligi haqidagi barcha yo'l-yo'riqlarni ko'rsatdi. U o'z ishining ustasi. Xabib bizning sport turimizda katta tajribaga ega.
U hozir nafaqada bo'lsa ham, juda yaxshi sport formasida. Nurmagomedov endi "katta odam", shunday bo'lsa-da, hali ham formasini saqlab qolmoqda. Biz uzoq vaqt bellashdik, sport zalida 2000 dan ortiq raund o'tkazdik", - dedi Maxachev.
Havola :
Manba : MMATM
Fikrlar