19 okt 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev jang qilishi kutilayotgan UFC 336 turniri rasman tasdiqlandi + POSTER
Dunyoning eng kuchli ligasining kelgusi yildagi birinchi raqamli turniri Kanadada bo'lib o'tadi.
Tashkilot matbuot xizmati 2027 yil 30 yanvar kuni UFC 336 turniriga Torontodagi "Scotiabank" arenasi mezbonlik qilishini rasman elon qildi. Biroq shou doirasidagi janglardan hech biri hali elon qilinmagan.
Avvalroq, Kanadadagi ushbu raqamli turnirning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik jangi bo'lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unda divizionning amaldagi chempioni, rossiyalik Islam Maxachev va yarim o'rta vazn toifasi meta-reytingining birinchi raqamli vakili, braziliyalik Karlos Prates to'qnash kelishi kutilmoqda, ammo hozircha bu borada hech qanday rasmiy tasdiq yo'q.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar