So’nggi yangiliklar

22:38UFC 337 турнирининг асосий жанги айтилди 0 21:46Карлос Пратес: "Махачевнинг меросига чек қўяман" 0 20:50UFC Сидней турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 20:03Хитойда Мбаппе билан боғлиқ можаро сабабли Ла Лига ўйинлари трансляция қилинмайди 0 19:29Пëтр Ян UFC`нинг энг яхши уч жангчиси қаторига кирди 0 18:43RIZIN чемпиони Ражабали Шайдуллаев Волкановски билан жанг қилиш ниятида 0 18:11Хамзат Чимаев Шон Стриклендни исталган вазнда жангга чорламоқда 0 17:33"Ливерпуль" МЮнинг трансфер мақсадини илиб кетиши мумкин 0 16:46Дзюдочиларимиз Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:02Маҳмуд Мурадов Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди + ФОТО 0 15:17Двалишвили мағлубиятдан сўнг: "Бу машинани тўхтатиб бўлмайди" 0 14:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Қувайт клубини қабул қилади 0 13:56Манба: UFC 2027 йилда Россияда турнир ўтказиши мумкин 0 13:15Бугун оғир атлетикачиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки бошланади 0 12:33Янгиланган UFC рейтингида Богдан Гусков кўтарилди 0

27 jan 09:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Islam Maxachev keyingi jangi muddati va ehtimoliy raqibni aytdi

Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachevning keyingi jangini kimga qarshi o'tkazishi aralash yakkakurash muxlislarini qiziqtirishi tabiiy.

Agar Jastin Getji Den Xukerni mag'lub eta olsa, Islam Maxachevning keyingi raqibi bo'lishi mumkin. Bu haqda chempionning o'zi Maxachqala aeroportida jurnalistlar bilan muloqotda aytib o'tdi. 

"Menga bu g'oya yoqyapti. CHunki hali Jastin bilan jang qilmaganman. Oliveyra va Armanga qarshi jang o'tkazganman. Yana eski raqiblarga qarshi jang uchun tayyorgarlik ko'rish men uchun katta motivaciya bo'lmaydi. Agar Getji bo'lajak jangida o'zini ko'rsata olsa, keyingi raqibim aynan u bo'lishi mumkin", - dedi Islam. 

SHuning barobarida Maxachev keyingi ehtimoliy raqiblari safidan Arman Carukyanni o'chirdi. Arman ikki hafta oldin jangga bir kun qolganida belidagi jarohat sabab o'z imkoniyatini yo'qqa chiqargandi. 

"Carukyan aniq keyingi raqibim bo'lmaydi. Buni Dana Uayt ham o'z intervyusida aytdi. Arman o'ziga berilgan imkoniyatdan "foydalanib" bo'ldi", - deya fikrini davom ettirdi Maxachev.  

Bundan tashqari, UFC chempioni qachon oktagonga qaytishni rejalashtirayotgani haqida berilgan savolga javob berdi.

"Katta ehtimol bilan iyul oyida Xalqaro janglar haftaligi bo'ladi. Agar UFC taklif qilsa, men iyulga tayyor bo'laman", - deya so'zlariga yakun yasadi chempion. 

Malumot uchun, Jastin Getji va Den Xuker o'rtasidagi jang 8 mart kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC 313 turniri doirasida bo'lib o'tadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing