10 sen 10:39
Yangiliklar
Islam Maxachev nihoyat SHavkat Rahmonovning jang haqidagi gaplariga javob qaytardi
"SHavkat Rahmonov oxirgi marta intervyu berganida, oyog'ida katta tizza bog'lami bilan, jarohatlangan holda edi. Hozir esa u men bilan jang qilmoqchi. U uni tanlashim kerakligini aytmoqda. Xo'sh, SHavkatni tanlab, u tuzalgunicha bir yarim yil kutishim kerakmi? Mayli, tuzalib olaversinchi, u davogarlardan biri bo'ladi. Men hech qachon u bilan jang qilmayman demaganman. Tuzalib, kelaversin", — dedi Maxachev "Match TV"ga bergan intervyusida.
SHavkat Rahmonov 2024 yilning dekabr oyidan beri oktagonga chiqmadi. O'shanda u davogarlik jangida Yen Machado Gerrini mag'lub etgan bo'lsa-da, tizzasidagi jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqib, chempionlik imkoniyatidan foydalana olmagandi.
Islam Maxachev ham o'zining so'nggi jangini o'tgan oyda irlandiyalik raqibiga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini ilk bor muvaffaqiyatli himoya qilgandi.
Rahmonov 2027 yilning boshida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda, Maxachev esa joriy yilning oxiri yoki kelasi yilning boshida braziliyalik Karlos Pratesga qarshi himoya jangini o'tkazishni mo'ljallamoqda.

Fikrlar