09 sen 13:13
Yangiliklar
Islam Maxachev nima uchun UFC`ning uchinchi kamarini qo'lga kirita olmasligi tushuntirildi
Amerikalik UFC jangchisi Bo Nikal tashkilotning ikki vazn toifasidagi chempioni Islam Maxachevning uchinchi chempionlik kamarini qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida o'z fikrini bildirdi.
"Yo'q, vaznlar o'rtasidagi farq juda katta. O'rta vazn toifasidagi jangchilar taxminan 98 kg vazndan tushishadi. Bu juda ko'p. Vazn toifalari shunchaki o'ylab topilmagan", — dedi Nikal.
Malumot uchun, 34 yoshli Islam Maxachev 2010 yildan buyon MMA qoidalari bo'yicha jang qilib kelmoqda. U UFC`dagi debyutini 2015 yilda o'tkazgan. 2022 yilda engil vazn toifasida (70 kg gacha) tashkilot chempioniga aylangan va to'rt marta chempionlik unvonini himoya qilgan. 2025 yilda esa yarim o'rta vazn toifasida chempion bo'lgan.

Fikrlar