30 avg 10:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev Nurmagomedovning UFC`dagi ikkinchi mag'lubiyati haqida gapirdi
UFC yarim o'rta vazn toifasi chempioni Islam Maxachev jamoadoshi Umar Nurmagomedovning kechagi nokautli mag'lubiyatiga o'z munosabatini bildirdi.
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi kecha Xitoyning SHanxay shahrida bo'lib o'tgan UFC Fight Night 286 turnirida xitoylik Song Yadongga nokaut evaziga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
"Bizga taqdir qilingan narsadan rozimiz. Maqsad sari yo'lda sinovlar ko'p, lekin ishonchim komilki, sen buni engib o'tasan, birodar", — deb yozdi Maxachev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Malumot uchun, 30 yoshli Umar Nurmagomedov professional aralash yakkakurashlar (MMA)dagi faoliyatini 2016 yilda boshlagan. 2021 yildan UFC`da ishtirok etib kelmoqda. U dunyoning eng nufuzli tashkilotida jami sakkizta g'alaba va ikkita mag'lubiyat qayd etgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar