So’nggi yangiliklar

19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0 18:49Болаларга қувонч улашган "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:18Махачев: "Баъзиларга "Оғайни, машғулот ўрнига бориб ишла" дегинг келади" 0 17:54Дональд Трамп: "Оқ уй яқинидаги UFC аренаси абадий қолиши мумкин" 0 17:28Шакира ва Burna Boy очилиш маросимида ЖЧ-2026 мадҳиясини ижро этади 0 16:53Жон Жонс ва Даниэль Кормье ўртасида трилогия ўтказилади 0 16:25Аниш Гири Синдаровнинг Бибисара билан муносабати тўғрисида ҳазиломуз пост жойлади 0 15:50Дмитрий Бивол P4P рейтингида Топ-10`га қайтди 0 15:14Бельгия терма жамоаси бош мураббийи: "Биз аутсайдермиз" 0 14:44Тожикистонлик UFC жангчиси Рамазон Темиров билан бир кардда октагонга чиқади 0 14:01Жаҳонгир Зокиров Zuffa Boxing'даги илк жангини мағлубиятсиз боксчига қарши ўтказади 0 13:33Камончиларимиз Анталиядаги Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 12:54"Манчестер Сити" "Реал"га 90 миллион евро беришга тайёр 0 12:27Makarska Open. Тимофеева икки ғалаба эвазига 1/4 финалга чиқди 0 12:03Ислам Махачев: "Онам ММАдаги фаолиятимни якунлашимни хоҳлаяпти. Ҳаммаси тамом, шекилли" 0

09 dek 17:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Islam Maxachev uchun eng xavfli raqib aytildi

Kanadalik taniqli murabbiy Firas Zaxabi engil vaznda UFC chempioni Islam Maxachev uchun eng xavfli raqib kim degan savolga javob berdi.

Mutaxassisning so'zlariga qaraganda, rossiyalik chempion uchun UFC vaznlilar reytingida to'rtinchi o'ringa ko'tarilib olgan Arman Carukyan eng boshog'riq raqib ekan.

"Carukyanning so'nggi janglari uning Islamni mag'lub eta olishiga meni ishontirishga majbur qilyapti. Ochig'i, engil vazn toifasining hozirgi holatidan hayratdaman. O'ylaymanki, UFC rahbarlari Islam va Arman uchun revansh jangi tashkil qilib berishadi. Carukyan hozircha o'zi erishgan muvaffaqiyatga loyiq ko'rilmayapti. Uning hisobida uchta g'alabadan iborat seriya bor. Ha, u Gamrotga yutqazdi, lekin o'sha jang juda yaqin bo'lgandi. Arman Obin-Merse, Devi Ramos, Mett Frevola, Kristos Giagos, Xoel Alvares, Damir Ismagulov, Xoakim Silva, Benil Dariushni mag'lubiyatga uchratdi. Hozir divizionda Islam mag'lub etishga qodir Carukyandan boshqa jangchini ko'rmayapman", – deya Zaxabining so'zlarini keltiradi MMA News.

Eslatib o'tamiz Arman Carukyanning aralash yakkakurashdagi professional rekordi 21 g'alaba va 3 mag'lubiyatni tashkil etadi. U yakshanba tongida AQSHning Ostin shahrida o'tkazilgan UFC on ESPN 52 turnirida Benil Dariushni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi. 2019 yilda Carukyan Islam Maxachevga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing