04 iyu 14:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev UFC 302 turniridan keyin siyosiy bayonot bilan chiqdi + FOTO
Engil vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini uchinchi bor himoya qilgan Islam Maxachev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yangi post joyladi.
U urush olovi ichida qolgan G'azo sektori aholisiga murojaat qildi.
"CHin yurakdan G'azo aholisiga duo bilan murojaat qilyapman. Bo'shashmanglar, qayg'uga tushmanglar, sizlar kuchlisizlar! Iymoninglar va ishonchinglar sabab, yuqoriga ko'tarilganinglarda, martabangiz baland bo'ladi", — deya Falastin bayrog'i ostida namoz o'qib, duo qilayotgan suratiga izoh bergan Maxachev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar