04 mar 10:35
Yangiliklar

Islam Maxachev va Xabib Nurmagomedov Buvaysar Saytievning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
"Alloh sizni kechirsin, birodar! Siz butun dunyo bo'ylab millionlab bolalarni ilhomlantirdingiz, biz sizni sog'inamiz. Oila azolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiraman, sizlarga sabr tilayman", deb yozdi Xabib o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Islam Maxachev esa quyidagicha munosabat bildirdi:
"Yana bir davr o'tdi, afsona o'tdi. Oila azolari va do'stlariga hamdardlik bildiraman, biz sizni sog'inamiz".
Buvaysar Saytiev 11 mart kuni o'zining 50 yoshini qarshilardi. Saytiev Atlanta-1996, Afina-2004 hamda Pekin-2008 Olimpiya o'yinlarida chempion bo'lgan. Sportchilik faoliyatini 2009 yilda yakunlab, 2016 yilda Gosduma deputati etib saylangandi. Uning o'pka kasalligidan vafot etgani aytilmoqda. Buvaysarning kichik ukasi Adam Saytiev Sidney Olimpiadasi chempioni bo'lgan, ayni paytda esa Parij-2024 Olimpiadasi g'olibi Razambek Jamalovning shaxsiy murabbiyi hisoblanadi.
Fikrlar