13 noy 16:34
Yangiliklar
Muaytay
Islom birdamligi o'yinlari. Muay-tay ustasi Aziza Mamurova bronza medalini qo'lga kiritdi
Ar-Riyoddagi VI Islom birdamligi o'yinlarining oltinchi kunida O'zbekiston terma jamoasi ilk medaliga ega chiqdi.
Muay-taychimiz Aziza Mamurova turnir doirasida bronza medaliga sazovor bo'ldi.
-55 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz yarim finalda BAA vakilasi Zineb Buhmadaga imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o'rinda yakunladi.
Bu orqali turnirdagi medallarimiz soni 42 taga etdi: 15 ta oltin, 15 ta kumush va 12 ta bronza.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar