So’nggi yangiliklar

19:23Ислом бирдамлиги ўйинлари: мусобақа тарихи ва Ўзбекистоннинг иштироки қандай бўлган? 0 19:01Расман: Жанибек Алимханулининг Лара билан жанги санаси тасдиқланди 0 18:39Бу қизиқ! "Ливерпуль" истеъдоди 16 дақиқада 2 та қизил карточка олди 0 18:17Перейранинг мураббийи: "Чимаев ажойиб, лекин..." 0 17:512026 йилги Олимпиада ташкилотчилари шоҳсупа дизайнини намойиш этишди (ФОТО) 0 17:25Асадбек Саидов кейинги жангини тожикистонлик Фазлиддин Мадраҳимовга қарши ўтказиши мумкин (ВИДЕО) 0 17:01Ямаль энди аввалгидек ўйнолмайдими? 0 16:39Ўзбекистонлик бодибилдерлар халқаро турнирда совриндор бўлди (ФОТО) 0 16:18"Яхши формадаман". 46 ёшли Мэнни Пакьяо рингга қайтишга тайёрлигини маълум қилди 0 15:56Таэквондо. Нажмиддин Қосимхожиев Жаҳон чемпиони! 0 15:31Винисиус "Эл Класико"даги иши учун узр сўради 0 15:10Жейк Пол: "Жервонта Дэвисга қарши жанг олдидан қўрқяпман" 0 14:49Қозоғистон Президенти Шавкат Раҳмоновни орден билан тақдирлади + ФОТО 0 14:28Афсонавий Муҳаммад Алининг набираси проф рингда жанг ўтказди 0 14:07Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади 0

30 okt 19:23
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Qiziqarli!

Islom birdamligi o'yinlari: musobaqa tarixi va O'zbekistonning ishtiroki qanday bo'lgan?

Yana bir necha kundan so'ng - 7 noyabr kuni Saudiya Arabistonida nufuzli kompleks musobaqa - Islom birdamligi o'yinlari start oladi.

Hisob bo'yicha 6-marotaba deya atalayotgan musobaqaga oid malumotlar bilan o'rtoqlashamiz. 

Bunday o'yinlarni o'tkazish g'oyasi ilk bor 1981 yilda uchinchi Islom sammiti paytida shahzoda Faysal ibn Fahd ibn Abdulaziz (1975-1999 yillarda Saudiya Arabistoniga rahbarlik qilgan) tomonidan ilgari surilgan. 


Makka-2005

Ilk Islom birdamligi o'yinlari 2005 yilda Saudiya Arabistonining Makka, Madina, Jidda va Toif shaharlarida bo'lib o'tgan. 2005 yildagi musobaqalar faqat erkaklar uchun tashkil etilgan bo'lib, unda 54 davlatdan kelgan 7 ming nafar sportchi 13 ta sport turida bellashgan. O'sha musobaqada mezbon Saudiya Arabistoni birinchi o'rinni qo'lga kiritgan. Misr va Qozog'iston delegaciyalari kuchli uchlikka kirgan.

Tehron-2010

2010 yildan boshlab ayollarga ham musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berilgan, ammo ular erkaklardan boshqa kunlarda musobaqalashishi ko'zda tutilgandi. Biroq, siyosiy sabablarga ko'ra ushbu o'yinlar bekor qilingan. 

Gap shundaki, o'yinlar Eron va arab dunyosi o'rtasidagi "Fors ko'rfazi" atamasi bo'yicha kelib chiqqan nizo sabab bekor qilingan. CHunki ayrim arab mamlakatlari bu hududni "Arab ko'rfazi" deb ataydi. Bu nom bo'yicha bahs arab davlatlari va Eron o'rtasida doimiy kelishmovchilik manbai bo'lib kelgan.


Palembang-2013

Uchinchi o'yinlar 2013 yilning 22 sentyabr - 1 oktyabr kunlari Indoneziyaning Palembang shahrida tashkil etilgan. Bahslarda 57 mamlakatdan sportchilar 13 ta yo'nalishda bellashishgan. Bahslarda mezbon Indoneziya eng ko'p medal jamg'argan. Eron va Misr terma jamoalari mos ravishda 2 va 3-o'rinlarni band etishgan.


Boku-2017

To'rtinchi musobaqa 2017 yilning 12–22 may kunlari Boku shahrida bo'lib o'tgan. O'zbekiston sport delegaciyasi aynan o'sha yili mazkur musobaqada debyut qilgan. Vatanimiz sportchilari o'yinlarda 121 nafar sportchi bilan qatnashgan. O'sha o'yinlarda umumiy hisobda 15 ta oltin, 17 ta kumush va 31 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida to'rtinchi o'rinni band etganmiz. Mezbon Ozarbayjon, shuningdek Turkiya va Eron vakillari o'yinlarni kuchli uchlikda yakunlashgan.


Konya-2021

Beshinchi Islom birdamligi o'yinlariga esa Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilgan. Musobaqa 2021 yili o'tkazilishi rejalashtirilgandi. Ammo bu Tokio Olimpiadasiga yaqin sanalarda kelib qolgani, shuningdek pandemiya bilan bog'liq sabablar tufayli 2022 yilning avgust oyiga ko'chirilgan. Avvaliga o'yinlar Istanbul shahrida tashkil etilishi kerak edi. Lekin Turkiya o'yinlarni Istanbuldan Konyaga ko'chirishni so'ragan. Islom birdamligi sport associaciyasi (ISSA) esa ushbu so'rovni qanoatlantirgan. 

Konya-2021 hozircha O'zbekiston terma jamoasi uchun mazkur o'yinlar tarixidagi eng muvaffaqiyatlisi hisoblanadi. O'zbekiston mazkur musobaqada 265 nafar sportchi bilan qatnashib, 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan. Bu natija orqali delegaciyamiz umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni band etgan. Bu borada birinchi o'rinni mezbon Ozarbayjon, uchinchi o'rinni esa Eron terma jamoasi band etgan. 

 


Ar-Riyod-2025

2025 yilgi Islom birdamligi o'yinlari tarixda ilk bor bir mamlakatda ikkinchi marta o'tkaziladigan musobaqa bo'ladi. Mezbon shahar — Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri bo'ladi. O'yinlar 7-21 noyabr kunlari tashkil etiladi.

Avvaliga bahslarga Kamerun mezbonlik qilishi elon qilingandi. Ammo 2024 yilning may oyida ISSA o'yinlar Ar-Riyodda o'tkazilishini elon qildi.

Bo'lajak musobaqada 57 ta mamlakat ishtirok uchun ro'yxatdan o'tgan. Atletlar 19 ta sport turida 270 ta medallar jamlanmasi uchun kurashadilar. O'yinlar rasmiy sayti malumotiga ko'ra, O'zbekiston o'yinlar uchun 194 nafar sportchini ro'yxatdan o'tkazgan. Musobaqa boshlanishiga qadar, bu raqam o'zgarishi mumkin. Yakuniy ro'yxat hozircha rasman malum qilinmagan. 


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing