21 may 17:50
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/13024_220.jpg)
“Islom birdamlik o'yinlari”. 62-medal ham kumush bo'ldi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan “Islom birdamlik o'yinlari” o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Hozirgina musobaqa dasturidagi tennis bahslarida yana bir final uchrashuvi yakunlandi. Afsuski, Amal Sultonbekov va Saidalo Saidkarimovdan iborat juftlik raqibga imkoniyatni boy berdi.
Ilxan Agabigun va Altuq CHelikbilekdan iborat turkiyalik tennischilar juftligi hamyurtlarimizdan 6:2, 6:2 hisobida ustun kelib, musobaqa g'olibiga aylanishdi. Amal va Saidalo esa kumush medal bilan kifoyalanadigan bo'ldi.
SHu tariqa, “Islom birdamlik o'yinlari”dagi umumiy medallarimiz soni 62 taga etdi. SHulardan 15tasi oltin, 17 tasi kumush va yana 30 tasi bronza medallaridir.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar