13 may 12:30
Yangiliklar
Dzyudo
“Islom birdamlik o'yinlari”. Dzyudochimiz Diyora 1/2 finalga chiqdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Islom birdamlik o'yinlari” bo'lib o'tmoqda.
Bugun musobaqaning dzyudo bahslari boshlandi. Ayollar o'rtasidagi musobaqaning -52 kg vazn toifasida o'tkazilayotgan bahslarda yarim final ishtirokchilari malum bo'lmoqda.
Ushbu vazn toifasida yurtimiz sport sharafini himoya qilayotgan Diyora Keldiyorova birinchilardan bo'lib final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U chorak final uchrashuvida turkiyalik Dilara Luqmonhakimni mag'lub etdi.
O'smirlar o'rtasida jahon chempioni bo'lgan Diyoraning yarim finaldagi raqibasi ozarbayjonlik Nazokat Azizova bo'ladi. U chorak finalda gabonlik Korine Evaladan ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar