14 may 12:56
Yangiliklar
Dzyudo
“Islom birdamlik o'yinlari”. Matniyozova oltin uchun tatamiga chiqadi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahri “Islom birdamlik o'yinlari”ga mezbonlik qilyapti.
Bugun musobaqaning dzyudo bahslarida navbatdagi medallar jamlanmasi o'z egalariga topshiriladi. Bugun ayollar -70, -78 hamda +78 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishyapti. Ular orasida o'zbekistonlik dzyudochilar ham bor.
‑70 kg vazndagi dzyudochimiz Gulnoza Matniyozova bir necha daqiqa avval yarim final uchrashuvida zafar quchdi. U turkmanistonlik Mariya Loxovani mag'lubiyatga uchratdi. Uning finaldagi raqibasi turkiyalik SHukran Bakachak bo'ladi.
Etiborlisi, bu vazn toifasida bor yo'g'i 4 nafar dzyudochi ishtirok etyapti. Har qanday holatda ham ulardan 3 nafari medalga ega bo'ladi. Gulnoza ham kamida kumush medalni naqd qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar