14 may 12:43
Yangiliklar
“Islom birdamlik o'yinlari”. Oltiboev yarim finalda, qolganlar bronza uchun kurashadi
Bugun musobaqaning dzyudo bahslarida navbatdagi medallar jamlanmasi o'z egalariga topshiriladi. Bugun erkaklar -81, -90, -100 hamda +100 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishyapti. Ular orasida o'zbekistonlik dzyudochilar ham bor.
Mutloq vazn toifasidagi vakilimiz Bekmurod Oltiboev ishtirokini to'g'rida-to'g'ri ikkinchi davradan boshladi. Bu bosqichda senegallik Mbagnik Ndiayeni taslim etib, yarim finalga yo'l oldi.
Endi Oltiboev kechki dasturda jazoirlik Nadjib Temmarga qarshi final chiptasi uchun tatamiga chiqadi. Qolgan dzyudochilarimiz o'tish turniri orqali bronza medali uchun kurashishadi.
-81 kg vaznda yarim finalga etib kelgan dzyudochimiz Davlat Bobonov hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda turkiyalik Ilker Guldurenga yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun tatamiga chiqadi. Bobonovning raqibi turkmanistonlik yoki qatarlik sportchi bo'ladi.
Hamyurtlarimizdan Davronbek Sattorov (-90 kg) va Soyibjon Qurbonov (-100 kg) ilk uchrashuvlaridayoq mag'lubiyatga uchrashdi va endi ular bronza medali uchun o'tish bahsida tatamiga chiqishadi.
Fikrlar