11 may 08:10
Yangiliklar
“Islom birdamlik o'yinlari”da qatnashuvchi bokschilarimiz tarkibi malum
O'z tarixida to'rtinchi bor o'tkazilayotgan nufuzli musobaqada O'zbekiston sport delegeaciyasi ilk marotaba ishtirok etyapti. IV “Islom birdamlik o'yinlari”da 57 ta davlatdan 3500 dan ziyod sportchilar jam bo'lgan.
O'zbekiston sharafini 103 nafar hamyurtimiz sportning 15 ta turi - boks, taekvondo, dzyudo, karate, o'q otish, gandbol, tennis, og'ir atletika, erkin va yunon-rum kurashi, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, engil atletika, para-dzyudo va para-atletikada himoya qiladi.
Ko'pchilikni boks bo'yicha terma jamoamiz tarkibi qiziqtirishi tabiiy. Murabbiylar O'tkirbek Haydarov va Rustam Saidov mazkur nufuzli musobaqaga ikkinchi va uchinchi raqamli charm qo'lqop ustalarimizni olib borishadi.
Boks terma jamoamiz tarkibi:
49 kg: Mironshoh Ibragimov
52 kg: Abrorjon Qodirov
56 kg: Abdulhay SHorahmatov
60 kg: Ulug'bek Do'smurodov
64 kg: Alyor Noraliev
69 kg: Bobo Usmon Baturov
75 kg: Mahmud G'oipov
81 kg: Madiyar Saidrahimov
91 kg: Sardor Begaliev
+91 kg: Bizdan hech kim bormagan
Malumot uchun, IV “Islom birdamlik o'yinlari”ning boks bahslari 12 may kunidan boshlanadi.
Fikrlar