05 sen 21:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Islom Boltaev Toshkentda jang qildi
Poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida aralash yakka kurash bo'yicha Octagon 91 turniri bo'lib o'tmoqda.
Musobaqa asosiy kardida o'zbekistonlik taniqli MMA ustasi, chempionlik kamari uchun sobiq davogar Islom Boltaev jang qildi.
Qirg'iziston vakili Adis Taalaybek Uuluga qarshi bahsda Boltaev muddatidan avval zafar quchdi. Raqib ikkinchi raunddan keyin bahsni davom ettirishni istamadi.
SHu tariqa, Islom faoliyatidagi 13-jangida 9-g'alabasini nishonladi. Uning hisobida 4 ta mag'lubiyat ham bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar