18 jan 08:47
Yangiliklar
Tennis
Ismoilov AQSH turnirida o'zidan 933 pog'ona pastdagi tennischiga yutqazdi
AQSHning Florida shtati Sanrays shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 dollardan iborat ushbu musobaqada hamyurtimiz Temur Ismoilov ham ishtirok etayotgandi. Mamlakatimizning to'rtinchi raketkasi o'z ishtirokini saralash bahsidan boshlagan va to'rtta uchrashuvda g'alabaga erishib, asosiy to'rga yo'llanma olgandi.
Ismoilov turnirning asosiy to'r bahslari ilk davrasida imtiyozli yo'llanma asosida ishtirok etayotgan amerikalik Jordan Parkerga qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan uchrashuvda Parker 6:2, 6:0 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, Temur Ismoilov dunyo reytingida 832,
Parker esa 1765-o'rinni egallab turibdi. Hamyurtimiz reytingda o'zidan 933 pog'ona
pastda joylashgan tennischiga imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar