13 iyu 09:14
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/40286_220.jpg)
Ismoilov AQSHdagi turnirning ham yakkalik, ham juftlik bahsida kortga chiqdi
Istedodli tennischimiz Temur Ismoilov malum bir tanaffusdan so'ng yana kortga qaytdi.
Hamyurtimizning AQSHdagi turnirda ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Baffalodagi turnirning sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiladi.
Ismoilov ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning ilk davrasida turnirning beshinchi raketkasi amerikalik Aleks Ribakovga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Ribakov 6:4, 6:0 hisobida g'alaba qozondi.
Rossiyalik Markos Kalovelonis bilan tandem hosil qilgan Temur turnirning juftlik musobaqasida ham imkoniyatni boy berdi. Temur va Markos britaniyalik tennischilar Brum CHarlz hamda Tomas Kolautti hamkorligiga 6:4, 3:6, tay-brekda 7:10 hisobida yutqazishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar