14 mar 07:22
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov bu hafta ham Greciyadagi turnirda ishtirok etadi
Tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Temur Ismoilov bu hafta ham Greciyaning Iraklion shahrida o'tkaziladigan turnirda ishtirok etadi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Hamyurtimiz o'tgan hafta 10th Lyttos Beach ITF Pro Circuit turnirida chorak finalga qadar etib borgan edi.
Ismoilov yakkalikning chorak final uchrashuvida turnirning uchinchi raketkasi chexiyalik Mixal Konechniga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar