10 mar 07:55
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Greciyadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Temur Ismoilov Greciyaning Iraklion shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Hamyurtimiz 10th Lyttos Beach ITF Pro Circuit turnirida ettinchi raqam ostida tasniflangan.
Ismoilov yakkalikning ilk davrasida ruminiyalik Bogdan Borzaga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan uchrashuvda tennischimiz 3:6, 6:4, 7:5 hisobida g'alaba qozondi. Uning chorak final ostonasidagi raqibi greciyalik Anastasios Pavlis bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar