22 iyu 08:15
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov jarohat sabab Koreyadagi yurishini to'xtatdi
O'zbekiston terma jamoasi tennischisi Temur Ismoilov Janubiy Koreyaning Gimjeon shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini to'xtatdi.
Sovrin jamg'armasi 50 ming dollardan iborat “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning yakkalik bahslarida hamyurtimiz Endryu Vittingtonga yutqazib qo'ydi.
Aniqrog'i, hamyurtimiz jarohat sabab ikkinchi setning ikkinchi geymidan so'ng bahsni davom ettira olmasligini malum qilgan. Birinchi set tay-brekda Endryu foydasiga hal bo'lgandi. Ikkinchi setning ikkita geymida ham raqib tennischining qo'li baland kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar