07 sen 07:20
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Sankt-Peterburg turniri juftligida chorak finalga chiqdi
O'zbekiston terma jamoasiga nomzod tennischi Temur Ismoilov Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o'tkazilayotgan turnirning juftliklar bahsida ham g'alabaga erishdi.
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Grand Palace Cup” musobaqasining yakkalik bahslari ilk davrasida mezbon tennischi Anton Galkinni taslim etgan edi.
Juftliklar musobaqasida rossiyalik sherigi Markos Kalovelonis bilan to'rtinchi raqamli juftlikni xosil qilgan Ismoilov ilk davrada mezbon tennischilar Pavel Kotov va Nikita Mishinni 6:4, 7:5 hisobida mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar